Get Mystery Box with random crypto!

#Sarhisob #2022 2022 - Yil sar | RuzimovDev | Personal Blog

#Sarhisob #2022

2022 - Yil sarhisobi !

Assalomu alaykum hurmatli do'stlarim !

Bugun 2022-yilning eng oxirgi kuni. Bu yil men uchun ajoyib o'tayotgan va nihoyasiga yetib kelgan yana bir samarali yillardan biri bo'ldi. Shuning uchun bu yilgi hayotimda sodir bo'lgan ba'zi bir voqealarni yozmoqchiman. Men o'zim uchun yangidan yangi bilimlar va yangiliklarni olgan ajoyib yil bo'lgan 2022-yilda, ko'p yaxshi va biroz va undan sal yomonroq voqealar bo'ldi !

2022-yilda Hayotim, yashash tarzim avvalgi yilgilarga nisbatan o'zgardi. Kutilmagan voqealar kutilmagan vaqtda bo'ldi. Yil boshi yaxshi boshlandi keyinchalik sal og'irroq bo'ldi. Yil o'rtalari juda qiyin demayman lekin qiyinchiliklarga to'la davr bo'ldi ! Keyin hammasi o'z joyiga tushdi. Mana so'ngi esa ancha yaxshi

Bu yil har yilgiga qaraganda ko'proq bilim, ilm oldim, yangi narsalarni o'rgandim. Dasturlashni va Ingliz tilini o'rganishda davom etmoqdaman. Bu yilgi Eng yaxshi kitob "1984 " asari bo'ldi menimcha ! U kitobni o'qishni sizlarga ham maslahat beraman. Juda zo'r kitob.

Bu yil ko'p insonlar menga yaqindan yordam berdi. Yaqin do'stlarim yanada yaqin bo'lib yonimda turishdi. Ularga o'z minnatdorchiligimni aytaman. Hamisha hurmatdasizlar

O'qishda, ishlarimda omadli yil bo'ldi xudoga shukur !!! Yangi kompyuter oldim !!! Moddiy jihatdan ham o'sishga erishdim Yaxshi yomon kunlarda yonimizda turgan do'stlarimiz doimo sog'-omon bo'lsin.

Yil davomida 4-5 ta kichik kichik loyihalar ustida ishladim. Hammasi ham omadli yakunlanmadi !!! Tajribamni oshirdim va bu davom etmoqda! Buning uchun ustozlarimdan va YouTube.com va boshqa ijtimoiy tarmoqlardan yordam oldim. Eng ko'p yordam bergan ham Youtube.com va yonimdagi do'stlarim , ustozlarim !!!

Asosiysi kimni kim ekanligini bildim bu yili. Ko'p odamlarni yuzi ochilib-sochilib ketdi. Ko'p odamdan judayam ko'nglim qoldi , ularning qilgan ishlarini unutolmasam ham kerak. " Ularga faqat omad va sog'lik tilayman. Omadlarini bersin !!! ".

2023 - yil uchun juda katta va davomli maqsadlarni belgilab oldim. Nasib qilsa ketma-ket va qadamba-qadam hammasini birgalikda amalga oshiramiz !!!

Kirib kelayotgan Yangi 2023-yil bilan hammani tabriklayman !!!
Yangi yilni yaxshi kayfiyatda kutib oling birodarlarim !!!
Happy new year !!!

@Ruzimov_blogs