Get Mystery Box with random crypto!

5-sinfimizda, Tarix fani oyligi munosabati bilan bizning sinf | Ruzibaev's thoughts

5-sinfimizda, Tarix fani oyligi munosabati bilan bizning sinf va boshqa sinf har xil shartlar asosida bellashgandi. O'shanda, "plakat"imizga o'zgacha bo'sin deb Turkiston deb nom qo'ygan edik va krossvord, bir nechta faktlar bilan chiroyli qilib bezagandik. Adashmasam 3 kun mutoaladan keyin ishlaganmiz. Oxirida shu Turkiston deb yozilgan so'z uchun bizga ball kamroq berilagandi, buning uchun tarixchi ustozimiz bilan janjallashganimizni eslayman.