Get Mystery Box with random crypto!

​​ Родительный падеж Bu padej narsani borligini va yoki uni b | Рус тилини осон урганиш

​​ Родительный падеж

Bu padej narsani borligini va yoki uni bo'lmasligini aytishda kerak bo'ladi.
Misollarga e'tibor qilamiz.

У меня нет собаки, у меня есть попугай

У меня есть машина. У меня нет дома.
У тебя есть дом. У тебя нет дачи.
У него есть дача. У него нет собаки.
У нее есть собака. У нее нет кошки.
У них есть кошка. У них нет компьютера.
У нас есть компьютер. У нас нет телевизора.
У вас есть телевизор. У вас нет кофеварки.

Ko'plik sonni ifodalashda va miqdorni aniqlashda ham qo'llaniladi.
Masalan:

Два стакана.
Три сестры.
Четыре яблока.

Килограмм сахара.
Литр молока.
Мешок крупы.

Родительный падеж hamda moddiyatni ham ifodalaydi.
Misollarga diqqat qiling:

Бутылка зелёного стекла. (= Бутылка из зелёного стекла)
Bu yerda Butilkani yashil shishadan ishlangani aytilmoqda

Padejni bu hususiyati faqat narsalarda emas, shaxslarda ham qo'llaniladi.
Masalan:

Девушка невысокого роста. (= Невысокая девушка)
Qiz uzun bo'yli emasligi ifodalangan.

Shuningdek padej vaqtni belgilashda ham qo'llaniladi.
E'tibor qilamiz:

У театра с утра до вечера стоит очередь за билетами на спектакль.

с утра до вечера - Ertalabdan kechgacha bo'lgan vaqt muddatini belgilayapdi

(УТРО - УТРА, ВЕЧЕР - ВЕЧЕРА, ТЕАТР - ТЕАТРА)

Va hodisaga bo'lgan sababni ham ifodalaydi.

Из-за грозы мы не пошли гулять. - Yomon ob-havo sabab sayrga chiqilmagani ko'rsatilgan.
Из-за грозы shu sababni anglatib turibdi.

Eng asosiysi quyidagi predloglar doim shu padejda qo'llaniladi, ularni yodlash kerak.
Ular:
У, ВОКРУГ, ДО, ОТ, ДЛЯ, КРОМЕ, МИМО, ОКОЛО, БЕЗ

Родительный падежni qo'llashda rodlardagi o'zgarishlar quyidagicha bo'ladi. Bu ham yodlash juda zarur.

Женский род: А-Ы, Я-И, Ь-И, ИЯ-ИИ. АЯ-ОЙ, ЯЯ-ЕЙ.

Мужской род: согласный-А, Ь-Я, Й-Я. ЫЙ-ОГО, ИЙ-ЕГО.

Средний род: Е-Я, О-А, Е-Я. ОЕ-ОГО, ЕЕ-ЕГО.


Родительный падеж rus tilida ko'p qo'llaniladigan padejlardan shu sabab etibor qilib o'ragnish muhim. Tushunmay qolgan holatlarda bemalol administratsiyaga murojaat qiling.

Manbaa: ruspeach.com

Rus tilini oson o'rgan
@Rustiliniosonorgan