Род Rus tilida otlarning hammasi Мужской, жeнский va сред | Рус тилини осон урганиш
Род
Rus tilida otlarning hammasi Мужской, жeнский va средний rodga bo‘linib, bir-biridan shakl jihatidan farq qiladi.
Masalan: он, она, оно, они
Мужский rod otlarning gruppasiga kirgan so‘zlar o‘rniga он (у) kishilik olmoshi yoki мой olmoshini qo‘yish mumkin.
Masalan: Мой брат окончил институт. Он болен.
Женский rodga quydagi so‘zlar kiradi:
а) ayol jinsidagi jonli narsalarni bildirgan so‘zlar: мама, тётя, сестра, корова, овца kabi;
б) oxiri -а
в) oxiri -я bilan tugagan so‘zlar: парта, доска, рука, нога; баня, дыня,пуля.
г) Yumshoq undosh bilan tugagan so‘zlar: тень, цель kabi.
Yumshoq undosh bilan tugagan so‘zlarning ba’zilari мужской rodga taaluqli bo‘ladi, ba’zilari esa женский rodga.
Женский roddagi so‘zlarning o‘rniga она (у) kishilik olmoshini yoki моя olmoshini qo‘yish mumkin.
Masalan: Моя сестра учится в институте. Она учится хорошо.
Qattiq yoki yumshoq tovush bilan tugagan so‘zlarning aksaryati ж.р. ga kiradi va ularning oxirida -ь belgisi yoziladi.
Masalan: вещь, ночь, рожь, мышь
@rustiliniosonorgan