Get Mystery Box with random crypto!

#GRAMMATIKA Mavzu: Urg'u (Ударение) Rus tilini o'zlash | Рус тилини осон урганиш

#GRAMMATIKA

Mavzu: Urg'u (Ударение)

Rus tilini o'zlashtirishning asosiy qiyinchiliklaridan biri so'zlarda urg'uning o'zgaruvchanligi va bir so'zning shakli o'zgarishi bilan urg'uning boshqa bo'g'inlarga ko'chishi, ya'ni urg'uning barqaror emasligidir. Agar o'zbek tilida urg'u asosan so'zlarning oxiridagi unliga tushsa, rus tilida urg'u turli bo'g'inlarda bo'lishi mumkin.

Masalan:
дОм - uy
домА - uylar
дОма - uyda

ESLATMA. Urg'uli unli harflar katta qilib ko'rsatilgan.

Ba'zida bir so'zning turli bo'g'indagi urg'uli variantlari har xil ma'noni anglatadi.

Masalan:
мукА - un
мУка - аzоb
замОк - qulf
зАмок - qаsr
хлопОк - qarsak
хлОпок - paxta.

Ayrim hollarda bir so'zning turli urg'uli shakllari boshqa so'zni emas, balki shu so'zning boshqa grammatik shaklini anglatadi.

Masalan:
зеркалА - oynalar
зЕркала - оynаning
Окна - derazalar
окнА - derazaning


@rustiliniosonorgan