Get Mystery Box with random crypto!

Ko’pchilik biron bir o’quv kurslariga qatnay boshlashganda vaq | Rus tilini o'rganamiz | Русский язык

Ko’pchilik biron bir o’quv kurslariga qatnay boshlashganda vaqti-vaqti bilan dars qilishiga to’g’ri keladi. Bazan o’qishdan yoki ishdan charchagan bo’lamiz va dars qilgimiz uyoqda tursin hatto biron ishga qo’l urgimiz kelmaydi. Lekin o’qisak ham, ishlasak ham, biz hamma narsani o’zimiz uchun qilamiz. Shuning uchun tabiiyki odam o’zi uchun nimadir qilishga erinmasligi kerak. Masalan, darsdan yoki ishdan charchaganda ozgina dam olib yana ishni davom ettirish kerak, shu holatda odam qilayotgan ishidan charchamaydi va natijaga erishadi va hattoki bu odat tusiga aylanadi va ishimizni samarasi oshadi. Sir emas, biz har doim oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga intilishimiz kerak va bularni amalga oshirish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz kerak.Shuning uchun do’stlar hayotda doim tirishqoq bo’ling. Undan keyin esa, buning mevasini bemalol mazasini ko’raverasiz!

@rustilinet