2022-08-14 08:43:19
Ko'plik son
Множественное число Rus tilidagi otlarning ba'zilari faqat birlik yoki faqat ko'plik sonda qo'llanishini eslab qolib, ular bilan moslashadigan boshqa turdagi so'zlarga ham shu son qo'shimchalarini qo'yish kerak.
Masalan: свежая сметана, наша молодёжь, картошка сварилась (birlik son);
брюки новые, часы остановились (ko'plik son).
Faqat birlikda qo'llanadigan so'zlar qatoriga quyidagilar kiradi:
1. Oziq-ovqat mahsulotlari nomlari: мука, рис...
2. Qazilma boyliklar nomlari: золота, нефть, уголь...
3. Mavhum otlar: дружба, старость, молодость...
4. Faqat yagona bo'lgan narsalar nomi: солнце, луна...
5. Sanab bo'lmaydigan ko'plik: листва, космос, воздух...
6. Chet tillaridan o'zlashgan ba'zi so'zlar: кофе, шоссе, пальто kabilar.
Faqat ko'plikda qo'llanadigan turkum otlar qatoriga quyidagilar kiradi:
1. Bo'linmaydigan ikki qismdan iborat narsalar: брюки, ножницы, щипцы, ворота...
2. Ayrim oziq-ovqat mahsuloti nomlari: сливки, макароны, консервы...
3. Ayrim modda nomlari: духи, чернила...
4. Ayrim vaqt birliklari: сутки, каникулы, будни.
Eslatma: O'zbek tilidagi ba'zi oziq-ovqatlarning ruscha nomlari faqat ko'plikda yoki faqat birlikda qo'llanishi mumkin.
Masalan: сметана - faqat birlikda, сливки - faqat ko'plikda qo'llaniladi.
@RUSTILI_RAZGOVORNIY
791 views$$$$$, 05:43