Shaxsiyatga o'tmang Inson xato qiladi. Shunisi bilan ham inso | Rustamxon Karimov | Shaxsiy blog
Shaxsiyatga o'tmang
Inson xato qiladi. Shunisi bilan ham insondir. Buni to'g'ri qabul qiling.
Lekin bu "tanqid qilmang" degani emas. Tanqid qiling. Tanqid orqali inson o'z xatosini anglab yetadi va bu xatoni qaytarmaslikka harakat qiladi. To'g'ri tanqid insonni rivojlantiradi.
Faqat, qilingan ishlarni tanqid qiling. Shaxsiyatga o'tmang. Bunga haqqingiz yo'q.
Xato qildimi?
"Bu ishingiz to'g'ri bo'lmabdi", "bu yerda xato qilibsiz", "ishni yaxshi bajarmabsiz" deng.
"Sen faqat o'zingni o'ylaysan", "sen axmoqsan", "nima shuni ham bilmaysanmi" demang.
Rustamxon Karimovning rasmiy kanaliga xush kelibsiz ! . 1. 🏛 @Progress_Medical_school asoschisi va rahbari. 2. Tadbirkor. 3. O'z ilmiga investor. 4.Samimiy hayotga qiziquvchan inson. 📞 Ofis raqa...