Get Mystery Box with random crypto!

Ixtisoslashgan maktablarga kirganlarga muhim murojaat! Xusu | RUSTAM BOSIMOV

Ixtisoslashgan maktablarga kirganlarga muhim murojaat!

Xususiy maktabimizdan ixtisoslashgan maktablarga kirganlarga. Biz va ota-onangizning e'tibori hamda o'zlaringizning mehnatlaringiz, bilimlaringiz tufayli ixtisoslashgan maktablarga kirdingiz.
- Yangi maktabda ham shunday e'tibor bo'ladimi?
- Bilim darajangiz yangi maktabda qanday oshayapti?
- U yerda sizni SAT, IELTS, Olimpiadalarga sifatli tayyorlayaptimi?


Bularni o'rganing. Agar hammasi a'lo darajada bo'lsa o'qiyvering, agar siz kutgandek bo'lmasa, maktabimizga qaytib yanada kuchli bilim olishda davom etishingiz mumkin. Ayrim o'quvchilarimiz hozirdanoq maktabimizda davom etishini ma'lum qilishdi.

Barcha maktablardan kirganlar uchun. Ularga oliy ta'lim muassasalariga kontrakt asosida imtihonsiz kirish imkoniyati berildi. Bu narsa ularni bilim olish uchun qilayotgan harakatini susaytirib qo'yishi mumkin. Chunki "men endi qattiq o'qimasam ham o'qishga kirishim aniq" deydi. Kiraolmaganlar esa "endi yanada qattiq tayyorlanib zo'r universitetga kirishim lozim" deydi.

RUSTAM BOSIMOV Xususiy maktabi

Bizning kanal @rustambosimov