Get Mystery Box with random crypto!

'Lanatlangan siyosat' 2-qism Muallif: @RustamAhmed | Rustam Ahmedoff

"Lanatlangan siyosat"
2-qism
Muallif: @RustamAhmedoff
Yarimyer ekologiyasiga bag'ishlangan majlis davom etar ekan, Italiya ekologiya qo'mitasi raisi Alesandro Pizza Inglizlar vakili Jeyms Reshfordga shivirlab gapira boshladi. Ey, Janob Reshford eshitdingizmi?
Reshford: Nimani?
Pizza: Xitoyliklar sun'iy aysberga yaratishni boshlashibdi.
Reshford: Ha eshitdim. Afsuski shunday. Ular yaratgan sun'iy quyosh o'zini oqlamagandi, endi sun'iy aysberg yaratishyapti ekan. Ular buncha pulni qayerdan olar ekan hayronman.
Pizza: ( Kuladi ). Ahmoqmisiz? Ahir AQSH va Rossiya qulagach butun dunyoni iqtisodiyoti Xitoyning qo'lida-ku.
Reshford: Bilaman. Lekin tasavvur qila olmayapmanda. Bu loyihaning byudjeti 1000000 trillion yuan ekan. Ayni damda bu loyihaga 1 million xitoy professorlari jalb qilinibdi.
Pizza: Haaa. Bir tanishim Xitoyga greencard yutib olgandi. Ko'plab italyan amaldorlari o'sha tanishimdan greencard sotishini so'radi. U esa rad etdi. Naqd 100 million yevro taklif qildi. Men bo'lganimda.... Pizza gapini tugatmay turib Reshford gapga suqildi.
Reshford: Sotmadimi? Qqqqqqancha kerak ekan, mmmmmen ham olmoqchi edim. Hhhhal qilib bbbbera olasizmi? 1 milliard beraman.
Pizza: ( Handon otib kuldi ) Nimaga bunchalik shoshasiz do'stim Reshford. O'sha odam allaqachon Xitoyga yetib borgan. Hozir mazza qilib yashayotgandir. Uni buni qo'ying do'stim. Turklardan habar bormi? Eshitishimcha O'zbekia mamlakati vakili ham shu yerda. Majlisdan so'ng ulardan bir so'z olmaymizmi?
Reshford: Nima? O'zbekia? Siz menimcha eshitmagan bo'lsangiz kerak. Butun turklar birlashishmoqchi ekan. Demak endi ularni Turkiston deb atashimiz kerak.
Pizza: Turkiston? Panturkizm g'oyasi? Hali hamon birlashmadimi ular? 100 yildan beri shu niyyatda yurishadiku. Lekin birlashishga kelganda qozoqlar prizidentni qozoq bo'lishini istaydi. Nima emish qozoqlar o'rta osiyoda eng rivojlangan ekan. Menimcha Zelinia Putiniaga otgan atom bombasi adashib qozoq yerlariga tushgach ularning kallasi aynib qolgan.
Reshford: Ha shunday. Turkiya ham prizidentni Turkiyalik bo'lishini hohlayotgan emish. Menimcha ularni ham issiq urgan. Yomon urgan. Hozir u yerda 55 gradus issiq.
Pizza: O'zbeklar haqida eshitmadingizmi janob Reshford. Ular ham prizidentni o'zbek bo'lishini hohlayotganmikin?
Reshford: O'zbeklar? ( kuladi ) Yo'q. Ular doimgidek jim. Ularda muammo ko'p ekan. Tonirovka yana pullik bo'libdi.
Pizza: ( hayron ) Uhhhh. Shu issiqdaya?
Reshford: Ha. Shu issiqda. Hayronman. Inson qadri, inson ehtiyojlari deya TV orqali jar solishadiyu haydovchilar Mikroto'lqinli pechni haydashsa ham mayli. Hayronman. 200 million aholini ish bilan taminlash qo'lidan kelmayapti ularni.
Pizza: Rossiya qulagach O'zbeklarga ham qiyin bo'ldida. Ishsizlik 100 barobarga kuchaydi. Ularni musulmonligi asrab kelmoqda. Allox asramoqda ularni.
Reshford: Ular islom diniga amal qiladimi?
Pizza: Ha. Ular musulmon.
Reshford: Amaldorlarichi?
Pizza: Ular ham musulmon.
Reshford: Amaldirlari musulmon bo'lsa nimaga aholisiga Ro'mol va Soqolga ruhsat yo'q. Ha aytgancha Namozga ham.....
Davomi bor!!!
Muallif: @RustamAhmedoff
@Jahon_siyosati_24