Get Mystery Box with random crypto!

QA (Quality assurance) bo'yicha katta ochiq dars Esingizda bo | Rustam Rahmatov

QA (Quality assurance) bo'yicha katta ochiq dars

Esingizda bo'lsa, bir necha kun oldin QA haqida ma'lumot bergan edim. Chumchuq so'ysa ham, qassob so'ysin. QA haqida batafsil ma'lumot, albatta, soha mutaxassisida bo'ladi.

Batafsil ma'lumot olmoqchi bo'lganlar uchun ajoyib imkoniyat: 31-iyul — yakshanba kuni soat 10:00 da «Najot Ta'lim» markazining Chilonzor filialida «Tестировщик — QA engineer o'zi kim?» mavzusida katta formatdagi bepul ochiq dars bo'lib o'tadi.

Ochiq dars spikeri: QA sohasida 5 yillik tajribaga ega, IMAN Invest tashkilotida Senior QA engineer bo'lib ishlayotgan, QA kursi ustozi Xasan Valiyev.

Ochiq dars uchun ro'yxatdan o'ting

P. S. O'zingizga qiziq bo'lgan savollarga ochiq darsda qatnashib, aynan shu soha mutaxassisidan javob olishni tavsiya qilaman.

@abdusattor