Get Mystery Box with random crypto!

Biz kelib ketuvchi to’garak jahon Na boshi ma’lum na so’ngi ay | Ruslan Rakhmatov

Biz kelib ketuvchi to’garak jahon
Na boshi ma’lum na so’ngi ayon
Hech kimsa rostini aytib berolmas
Qaydan keldigu ketarmiz qayon
Keksa yosh hayotga har kimki yetar
Hammasi izma-iz birma-bir o’tar
Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy
Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar
Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam
Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham
Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga
Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam.
Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi
Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib etdi
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi
Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.

Umar Xayyom

t.me/+qnzUL42928UyZGMy