Get Mystery Box with random crypto!

Akademik litseylarda o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari | Ruscha Statuslar

Akademik litseylarda o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 28-29-aprel (yozma) va 17-25-may (gapirish) kunlari o'tkazilgan akademik litseylar bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari maxsus platforma orqali akademik litseylarga taqdim etilgan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalarini o‘zlari tahsil olayotgan akademik litsey ma’muriyatidan bilishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarning sertifikatlari elektron shaklda maxsus platformaga joylashtirilgan bo‘lib, akademik litsey ma’muriyati tomonidan o‘quvchilarga yetkaziladi.

Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda chet tili fanidan (fanlar majmuasida chet tili mavjud bo‘lsa) imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari