Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon formati va test namunalar | Ruscha Statuslar

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon formati va test namunalari

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-son qarori bilan 6 ta oliy ta’lim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi belgilangan.

Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga kasbiy (ijodiy) imtihon formati (barcha tillar uchun) va test namunalari (ingliz tilidan) joylashtirilgan bo‘lib, ular bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

https://dtm.uz/page/format_kasbiy
https://dtm.uz/page/test_namunalari_kasbiy

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari