Get Mystery Box with random crypto!

​ Vazirlik abituriyentlardan uzr so'radi! “Fanlar majmuasida | Ruscha Statuslar

Vazirlik abituriyentlardan uzr so'radi!

“Fanlar majmuasidagi o‘zgarishlar mutaxassislik OTMlar tomonidan asoslab berilgani uchun kiritiladi. Masalan, filologiyada ham chet tili tarixdan ko‘ra muhimligi asoslab berilgan. Men bu yo‘nalishda mutaxassis emasman, lekin soha mutaxassislari xorijiy til muhimligi taklifi bilan chiqishgan.

To‘g‘ri, bu yerda biroz kechikish bor: bu yashiradigan holat emas. Lekin bu yo‘nalishga hujjat topshiruvchi barcha abituriyentlar uchun sharoit bir xil. Qaysidir hududda eskicha, qaysidir OTMda yangicha emas.
Bu bo‘yicha bir nechta OTM fikrlar beradi va ular muhokama qilinadi.

Xohlaymizmi-yo‘qmi, o‘zgartirish kiritish vaqt talab qiladi. To‘g‘ri, abituriyentlarga ozgina noqulaylik tug‘diryapti, ulardan uzr so‘raymiz. Abituriyentlarga qolgan vaqtini to‘la sarflab imtihonga tayyorgarlik ko‘rishlarini taklif etamiz”, 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari