Get Mystery Box with random crypto!

​ МОЖНО Rus tilida eng ko‘p foydalaniladigan so'zlardan biri | УЧИМ РУССКИЙ

МОЖНО

Rus tilida eng ko‘p foydalaniladigan so'zlardan biri «можно» so‘zining ma’nolari va turli holatlarda ishlatilinishini misollar yordamida ko‘rib chiqamiz.

Можно
 
1. mumkin; boʻladi, imkoni (imkoniyati) bor;

если можно — agar mumkin boʻlsa; agar imkoni (imkoniyati, iloji) boʻlsa;

это можно сделать — buni qilsa (bajarsa, amalga oshirsa) boʻladi; buning imkoni (iloji) bor;

эту работу можно выполнить за день — bu ishni bir kunda qilish (bajarish) mumkin;

2. mumkin, joiz; ijozat (ruxsat) beriladi, mayli;

мне можно остаться? — men qolsam boʻladimi?, men qolsam maylimi?;

здесь можно куритъ? — bu yerda chekish mumkinmi?; bu yerda cheksa boʻladimi?;

как можно — mumkin qadar, imkoni (iloji) boricha;

как можно скорее — mumkin qadar tezroq;

нужно как можно чаще бывать на воздухе — mumkin qadar ochiq havoda koʻproq boʻlish kerak;

можно сказать — deyish (deb aytish) mumkin;

он, можно сказатъ, лучший ученик — uni eng yaxshi oʻquvchi deb aytish mumkin.

️ ️️ Kanalga ulanish
@rus_tili_uchim_russkiy