Get Mystery Box with random crypto!

АДЧТИ, Роман-герман ва славян тиллари факультети

Telegram kanalining logotibi rus_lit_fak — АДЧТИ, Роман-герман ва славян тиллари факультети А
Telegram kanalining logotibi rus_lit_fak — АДЧТИ, Роман-герман ва славян тиллари факультети
Kanal manzili: @rus_lit_fak
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 504
Kanalning ta’rifi

Ушбу канал Роман-герман ва славян тиллари факультети талабаларига янгилик, эълонларни етказиш мақсадида ташкил этилди.

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-01-01 09:12:09 #kun_tarixi

Bugun 1-yanvar 2023-yil, Yakshanba.

Tarixda bugun

1622 - Pontifik Kantselyariyasi yil boshini 1 yanvardan boshlashni ko'rib chiqishga qaror qildi (ilgari yil 25-martda boshlangan).
1700 - Rossiyada Yulian taqvimi joriy etildi
1785 yil - Daily Universal Registr("The Times"), Londonning eng qadimgi kundalik gazetasi, birinchi soni chiqdi
1788 - "Daily Universal" gazetasi nomi "The Times" deb o'zgartirildi
1801 - Ceres asteroidi kashf etildi, keyinchalik mitti sayyora deb tan olindi
1881 - Doktor Jon Vattson Sherlok Xolms bilan uchrashdi.
1925 yil - Norvegiyaning poytaxti Xristianiya Oslo deb o'zgartirildi (bu nom 1624 yildan beri ishlatilmayapti).
1943 yil - Sovet qarshi hujumi Kavkaz uchun janglar boshlandi
1968 yil - " Время" dasturi birinchi bo'lib SSSR Markaziy televideniyesida chiqdi
1972 yil - Sovet armiyasida "praporshik" unvoni o'rnatildi.
1991 yil - "Xalq so‘zi" gazetasi chiqa boshladi
1993 yil - Chexoslovakiya parchalanib ketdi

TAVALLUDLAR

1431 - Alexander VI (Rodrigo Borjia) - Rim Papasi (1492-1503).
1449 - Lorenso de Medichi (1492) - Florensiya hukmdori, rassomlar va adiblar homiysi.
1467 - Zygmunt I Stariy (1548) - Litva biyuk knyazi, Polsha qiroli.
1484 - Ulrich Zwingli (1531) - Shveysariya Reformatsiyasining faoli, svinglianchilikning asoschisi.
1557 - Ishtvan Bochkai (1606) - Transilvaniya knyazi.
1618 - Bartolomé Esteban Murillo (1682) - ispan musavviri.
1714 - Kristionas Donelaytis (1780) - Litva badiiy adabiyotining asoschilaridan biri, shoir, lyuteran pastori.
1767 - Mariya Edjeuort (1849) - irland yozuvchisi, bolalar uchun didaktik hikoyalarning muallifi.
1819 - Artur Xyu Klaf (1861) - ingliz shoiri.
1823 - Shandor Petyofi (1849) - venger shoiri.
1854 - James George Frazer (1941) - ingliz olimi, din tarixining tadqiqotchisi.
1863 - Pyer de Kubertin (1937) - baron, zamonaviy olimpiya harakatining asoschisi.
1863 - Rudolf Blaumanis (1908) - latish yozuvchisi.
1864 - Alfred Stiglits (1946) - amerikalik fotograf.
1879 - Edvard Morgan Forster - ingliz yozuvchisi.
1895 - Edgar Guver (1972) - amerikalik kriminalchi, advokat, siyosiy arbob, FBI asoschisi.
1898 - Viktor Ulmann (1944) - chex bastakori, dirijyor.
1900 - Hikmat Latipov - Taniqli teatr va kino, aktyori, “O’zbekiston xalq artisti” (1950).
1902 - Muzaffar  Muhamedov
(1995) - O’zbek milliy  teatrining tashkilotchilaridan  biri, iste’dodli rejissor “O’zbekiston xalq artisti” (1959).
1910 - Narimonov Hamidulla (1982) – O‘zbekiston xalq artisti (1967). 
1910 - Sodiqov Zohid (1962) – O‘zbekiston xalq artisti (1950). 
1918 - Ahmedov Murodjon (1988) - aktyor va xonanda (dramatik bariton), O’zbekiston xalq artisti (1967). 
1921 - Muhammadjonov Zikir – O‘zbekiston xalq artisti (1962), O‘zbekiston Qahramoni (2003).
1931 - Boymatov Abdumo’min  – haykaltarosh, O’zbekiston xalq rassomi (1989). 
1933 - Mambetova Suluvxon – qoraqalpoq aktrisasi va xonandasi, Qoraqalpog‘iston (1963), O‘zbekiston (1969) xalq artisti.
1936 - Klod Ajej - fransuz lingvisti, sharqshunos.
1939 - Tursunboy Adashboyev - O'zbekiston xalq yozuvchisi.
1942 - Alassan Uattara - Kot-d‘Ivuarning 5-prezidenti (2011-yildan).
1944 - Muhammad Abdul Hamid - bangladeshlik davlat va siyosat arbobi, Bangladesh prezidenti (2013-yildan).
1948 - Mannopov Sultonali – xonanda, dirijyor, O‘zbekiston xalq artisti (1999). 
1956 - Kristian Lagard - Xalqaro valyuta fondining direktori.
1987 - Meril Devis - amerikalik figurali uchish ustasi, olimpiya (2004) va jahon (2011, 2013) chempioni.

Rasmiy sahifalarimiz
Telegram Facebook Instagram Youtube
52 viewsDmitriy Vladimirovich, 06:12
Ochish/sharhlash
2023-01-01 01:52:20 Uzur
143 viewsDmitriy Vladimirovich, 22:52
Ochish/sharhlash
2023-01-01 01:50:54 #adchti_dayjest #adchti_dayjest_uz

ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI HAFTA DAVOMIDAGI ENG MUHIM YANGILIKLARINING QISQACHA MAZMUNI(26-30.12.2022) o’zbek tilida

Mohlaroyim SOTVOLDIYEVA,
ADCHTI axborot xizmati muxbiri

Andijon davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz
Telegram Facebook Instagram Youtube
143 viewsDmitriy Vladimirovich, 22:50
Ochish/sharhlash
2022-12-31 22:48:26 #adchti_dayjest

ANDIJON DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTINING HAFTA DAVOMIDAGI ENG MUHIM YANGILIKLARI на русскому языке

Xalqaro press-klub “Yangi Oʻzbekistonda maʼmuriy islohotlar: samaradorlikni oshirish yoʻlidagi muhim qadam” mavzusida oʻzining navbatdagi sessiyasini tashkil qilmoqda

"Mohir qo‘llar" to‘garagi a'zolari yangi yil uchun qo’l mehnati buyumlari ko‘rgazmasini tashkil etdilar | maxsus videorolik

Andijon davlat chet tillari instituti talabasi Wikistipendiya marafoni g'olibi bo'ldi

YARIM YIL SARHISOBI VA YANGI YILDAGI ISTIQBOLLI REJALAR YUZASIDAN NAVBATDAGI KENGASH YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI

DOKTORANTLAR VA STAJYOR-TADQIQOTCHILAR ISHTIROKIDA YIG’ILISH O’TKAZILDI
PROFESSOR-O’QITUVCHILAR HAMDA ISHCHI-XODIMLAR O’RTASIDA FUTBOL BO’YICHA “REKTOR KUBOGI” O’YINLARINING FINAL BOSQICHI BO’LIB O’TDI

INSTITUT MA'MURIYATI TOMONIDAN PROFESSOR-O'QITUVCHILAR VA ISHCHI-XODIMLARGA YANGI YIL SOVG'ALARI TARQATILDI

"Ilm-fan fidokori" tanlovida  Institutimiz talabasi taqdirlandi

HAMKORLIKNING YANGI UFQLARI OCHILDI: MOSKVA DAVLAT LINGVISTIKA UNIVERSITETI BILAN SHARTNOMA IMZOLANDI

PROFESSOR-O’QITUVCHILAR VA ISHCHI-XODIMLAR FARZANDLARI UCHUN BAYRAM SOVG'ALARI VA “ENG KATTA SOVG’A” SPEKTAKLI NAMOYISH ETILDI

INSTITUTIMIZ MA’MURIYATI TOMONIDAN PROFESSOR-O’QITUVCHILAR VA ISHCHI-XODIMLAR FARZANDLARI UCHUN BAYRAM SOVG'ALARI VA “ENG KATTA SOVG’A” NOMLI SPEKTAKL NAMOYISHI TASHKILLASHTIRILDI

Institutimiz delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida  xizmat safarida bo‘lib turibdi

Andijon davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz
Telegram Facebook Instagram Youtube
133 viewsDmitriy Vladimirovich, 19:48
Ochish/sharhlash
2022-12-31 22:17:34
Aziz yurtdoshlar yangi 2023-yil barchamizga muborak bo’lsin! Vatanimiz tinch, oilamiz xotirjam bo’lsin!

Yangi yil Andijon davlat chet tillari instituti professor-o’qituvchilari hamda talabalari uchun yangi marralar yili bo’lsin!


Rasmiy sahifalarimiz
Telegram Facebook Instagram Youtube
135 viewsDmitriy Vladimirovich, 19:17
Ochish/sharhlash
2022-12-31 22:16:08
#Sarhisob2022

Andijon davlat chet tillari instituti Axborot xizmati jamoamiz institutimizning tashkil topganidan oxirgi 6 oylik faoliyati bo’yicha SARHISOB qilishga harakat qildik!

youtubeda ko’rish:



mobil hajmda ko’rish: https://t.me/adchti_press/56

Bizni kuzatishda davom eting

Rasmiy sahifalarimiz
Telegram Facebook Instagram Youtube
129 viewsDmitriy Vladimirovich, 19:16
Ochish/sharhlash
2022-12-31 22:09:56
Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
100 viewsNodirbekovich, 19:09
Ochish/sharhlash
2022-12-31 19:17:59
#Sarhisob2022

Andijon davlat chet tillari institutining @adchti_uz kanalidagi postlar yil davomida 6 mlndan ko‘proq ko‘rildi

Kanalimiz TGStat platformasidagi statistikasiga ko‘ra:

yil davomida 4 mingdan ortiq post qoldirilgan (repostlar bilan birga);

yil davomida kanaldagi postlar jami 6 mln 200 ming martadan koʻproq koʻrildi;

kanaldagi postlarni odamlar yil davomida turli guruhlarga va oʻzaro bir-biriga 37 mingdan ko‘proq ulashgan (forvard qilgan);

67 ta kanal kanalimizdan repost qilgan, kanal boshqa kanallarda 201 marta eslangan, 330 marta repost qilingan;

kanalimizda postlarga 58 mingdan ortiq reaksiya bildirilgan;

1700 dan ortiq yangi obunachi qoʻshilgan (chiqib ketganlardan tashqari).

Bizni kuzatib borayotgan barcha obunachilarimizga minnatdorlik bildiramiz!

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz
Telegram Facebook Instagram Youtube
116 viewsDmitriy Vladimirovich, 16:17
Ochish/sharhlash
2022-12-31 17:14:07
Qadrli ustozlar!
Aziz talaba-yoshlar!

Sizni va oila-a’zolaringizni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan chin dildan samimiy muborakbod etamiz!

Yurtimizning ilm-fan, ta’lim hamda farovonligi yoʻlida olib borayotgan faoliyatingizga ulkan zafarlar tilaymiz!

Yangi yilingiz muborak boʻlsin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
128 viewsDmitriy Vladimirovich, 14:14
Ochish/sharhlash
2022-12-31 17:06:14 #tabrik

Assalomu alaykum!
Qadrli hamyurtlar!
Aziz hamkasblar va talabalar!


Sizlarni va siz orqali barcha oila a'zolaringizni kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan tabriklayman!

Yangi yilda yurtimiz osmoni tinch, hayotimiz osuda bo‘lsin!

Yangi yil yaqinlashar ekan, barchamiz ortga qarab, o‘tgan yil biz uchun qanday o‘tgani, kelajakda qanday maqsadlarni oldimizga qo‘yishimiz haqida fikr yuritamiz, albatta.

O‘tayotgan yil biz uchun juda ham omadli va yutuqlarga boy o‘tdi desam, yanglishmayman. 2022-yil tariximiz zarvaraqlariga oltin harflar bilan bitishga arzigulik voqea - Muhtaram Prezidentimiz qarori bilan Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etildi, ta'bir joiz bo‘lsa yangidan tug‘ildi. Institutimiz qisqa vaqt ichida barcha faoliyat sohalarida yutuqlarga erisha boshladi. Ushbu yilda institutimiz qayta tashkil etilib, yanada kengaydi.

Xususan, 4+2 o‘quv dasturi o‘quv jarayoniga jalb etildi, o‘quv dasturlarini shakllantirishda yetakchi xorijiy OTMlar tajribasi o‘zlashtirildi. Bu ishlar yangi yilda ham davom ettiriladi.

Ilmiy sohada ham institutimiz ilmiy salohiyati keskin oshdi. 20 dan ortiq hamkasblarimiz falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Institutimiz tarkibidagi Andijon lug‘atshunoslik tarjimashunoslik ilmiy-innovatsion markazi (ALTAIIM) tomonidan maktablar uchun maxsus darsliklar, ilmiy axborotnomalar tayyorlandi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni iste'dodlarini yuzaga chiqarish va rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham juda keng qamrovli bo‘ldi. Yakunlanayotgan yilda 50 dan ortiq tanlovlar va musobaqalar o‘tkazilib, 200 dan ortiq iste'dodli talabalarimiz taqdirlandilar. 10 nafar talabamizning yillik shartnoma to‘lovining 50 foizi to‘lab berildi, 30 ga yaqin talabalarimizga esa stipendiyaning maksimal miqdorining ikki barobariga teng pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.

Joriy yilda ko‘plab xorijiy hamkorlarimiz bilan aloqalar mustahkamlandi. Angliya, Fransiya, Rossiya va boshqa davlatlarning yetakchi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Ular bilan akademik va ilmiy sohalarda birga ish olib borish, hamkorlikda yangi loyihalar boshlashga kelishib olindi.

2022-yil ko‘plab sohalarda yaxshi natijalarga erishilgan bo‘lsa, kelgusi 2023-yilda bundanda yuksak marralar ko‘zlangan. Bunda, 2023-yilni “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nomlanishi bizga yanada mas'uliyat yuklaydi.

Aziz hamkasblar va talablar! Kelayotgan 2023-yil barchamizga omad va baxt olib kelsin! Institutimiz jamoasi o‘zara hamjihatlikda barcha sohalarda yuqori marralarni zabt etishlarini istab qolaman! Hammalaringizning oilangizdan farovonlik, to‘kinlik arimasin. O‘quv va ilmiy tadqiqot ishlarida yutuqlarimiz ko‘p bo‘lsin!

Yana bir bor kirib kelayotgan yangi yil muborak bo‘lsin! 2023-yil barchamiz uchun omad keltirsin!

Hurmat va ehtirom ila,
Rustamov Dilshodbek Abduvahidovich
111 viewsDmitriy Vladimirovich, 14:06
Ochish/sharhlash