Get Mystery Box with random crypto!

Jaloliddin Rumiy 🍃

Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃 J
Telegram kanalining logotibi rumiy_jaloliddin — Jaloliddin Rumiy 🍃
Kanal manzili: @rumiy_jaloliddin
Toifalar: Iltimoslar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 21.09K
Kanalning ta’rifi

Ishqqa tashnalar maskani...
💰Reklama: @Tijoriy_taklif1
Aloqa: @Otanazarov_Bobomurod
15-aprel 2020.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 17

2023-04-04 10:06:07
Qadrlilarim, kitob o‘qish marafonini yana boshlamoqdamiz.

Endi yillik emas, oyma-oy kichik marafonlar qilamiz. Shunda hech kim qolib ketmaydi.

Eng sifatli va professionallar tomonidan o‘qilgan audio asarlar va pdf kitoblarni navbati bilan ulashib boraman.

Biz bilan bo‘ling va yiliga ehe-e «ashincha» kitob o‘qib qo‘yasiz.

Faqat iltimos @Saralangan_asarlar kanaliga qo‘shiling va eng yaqin insonlaringizni ham taklif qiling, birga o‘qish boshqacha bo‘ladi.
1.1K views07:06
Ochish/sharhlash
2023-04-04 04:37:42
EH BU ISHQ

Eh bu ishq!
Koʻzlarim qoldi qamashib.
Yurakka qul boʻldim, oʻz aqlimga yot.
Ikki oʻt.
Yoqdilar meni talashib,
Baxtsizlik shumidi, yo yaxshi hayot?

Eh bu ishq!
Kattaroq ochdi koʻzimni.
Asli roʻshnolik ham yoʻq edi sira.
Telbalik.
Timdalab oʻzim oʻzimni,
Yara ochmoq edi, yara va yana yara.

Eh bu ishq!
Insonga emaskan asli.
Ogʻirlik qilarkan begona tanga.
Asrang.
Sevgingiz ham koʻp kerak hali.
Allohga, onaga, tagʻin vatanga.


— Shahzod Ergashaliyev

@Rumiy_Jaloliddin
2.6K views01:37
Ochish/sharhlash
2023-04-03 18:43:50 Sizlar uchun hayotiy yoziladigan shaxsiy blogim

@nimasini_aytasan

Ulanib olamiz.
1.5K viewsedited  15:43
Ochish/sharhlash
2023-04-03 18:03:15
Qizingizga zulm qilmang..

Do'stlarizga tarqating

@Rumiy_Jaloliddin
2.3K views15:03
Ochish/sharhlash
2023-04-03 05:38:07 ​​Roʻza toʻrt xil boʻladi

1. Subhdan shomga qadar yeb-ichmaslik. Bu Shariat taqozo qilgan roʻza.

2. Bemaʼni, foydasiz soʻzlarni soʻzlamaslik. Bu Tariqat taqozo qilgan roʻza.

3. Bemaʼni, foydasiz soʻzlarni hatto koʻngilga, xayolga keltirmaslik. Bu Maʼrifat taqozo qilgan roʻza.

4. Koʻngilni, xayolni Allohdan oʻzgasiga yopishlik. Yaʼni Allohdan oʻzga narsa boʻlmasligi. Bu Haqiqat taqozo qilgan roʻzadir.

Sayyid Abdulqodir Jiyloniy.

@Rumiy_Jaloliddin
4.9K views02:38
Ochish/sharhlash
2023-04-02 18:11:22 "Chuchuk suv ham, sho'r suv ham tiniq ko'rinadi.Uning shaffof ko'rinishiga aldanma.Yaratilish jihatidan hamma ham odam bo'lishi mumkindir, ammo haqiqiy inson ahli muhabbat bo'lganlardir".
Ko'rinish aldamchidir.Bir qarashda insonlarning yaxshi yoki yomon ekanini ajrata olmaymiz.Ularni anglash uchun, avvalo ular bilan suhbat qurish lozim.
Huddi suvning sho'r yoki chuchuk ekanini bilish uchun uni ichib ko'rish lozim bo'lganidek. Haqiqiy inson ishqu muhabbatni anglaydigan, insonni va go'zal ko'ngilni qadrlay oladigan kishidir.

— Rumiy hikmatlaridan

@Rumiy_Jaloliddin
2.9K views15:11
Ochish/sharhlash
2023-04-02 03:37:15
Allohning roziligi uchun nafsingizga xilof shirin uyqungizdan turib, qilgan ibodatlaringiz va tutgan roʻzalaringiz
— Qiyomat kuni shafoatchingiz boʻlsin;
— Jannatning Rayyon darvozasidan kirishimizga sababchi boʻlsin;
— Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning diydorlariga yetishtirsin;
— Allohning jamolini koʻrishga nasibador qilsin!

Amin!

@Rumiy_Jaloliddin
3.1K views00:37
Ochish/sharhlash
2023-04-01 19:09:44 Jaloliddin Rumiy pinned «Assalomu aleykum aziz obunachilarim. Esizda bo'lsa o'zimni shaxsiy blog kanalimni ochmoqchiman degandm. Va nihoyat ulanib olishlariz mumkun. Ehtimol ma'anfatli bõlar.) Ketgan vaqtingizga rozi bõlsangiz kuzating! @nimasini_aytasan Yurakdan gapiramiz…»
16:09
Ochish/sharhlash
2023-04-01 18:57:17 Sizningcha:

Inson sevsa baxtliroq yashaydimi, yoki sevilsami?

Izohlarda fikrlaringizni qoldiring!

Bir umr. Faqat bittasini tanlang.


@Rumiy_Jaloliddin
2.3K viewsedited  15:57
Ochish/sharhlash
2023-04-01 18:03:48 "Ovozningni emas so'zingni yuksaltir! Chunki maysalarni undirgan shovqin-suronli momaqoldiroq emas,balki yomg'irdir" .
Bizning qadrimizni belgilaydigan fikrlarimizdir, bizni inson qilgan uni ifoda etish tarzimiz.
Har bir fikringizni yoningizdagi insonga sevgi ila yetkazing.Sevgi har doim,har narsani ulg'aytiruvchi eng ulug' kuchdir.
Shunday ekan,har onda,har kimga muhabbat ila munosabat qilaylik, azizlar!

— Rumiy hikmatlaridan

@Rumiy_Jaloliddin
2.9K views15:03
Ochish/sharhlash