Get Mystery Box with random crypto!

Yo‘q! U namoz o‘qimayapti. Namoz insonni fahsh va buzuq ishlar | Jaloliddin Rumiy 🍃

Yo‘q! U namoz o‘qimayapti. Namoz insonni fahsh va buzuq ishlardan qaytaradi. Bu Allohning so‘zi.
Allohning Rasuli sollallohu alayhi vasallam uni sharhlaganlar.

Aytganlarki, kimning namozi uni fahsh va munkar ishlardan qaytarmasa, demak u riyo uchun, o‘zini ko‘rsatish uchun namoz o‘qiyapti!

Bu esa insonni Allohdan uzoqlashtiradi, xolos!

Boshliqning oldiga har soatda kirib-chiqadigan kotib tashqarida unga qarshi gapirsa, yoki unga yoqmaydigan ishlarni qilsa, buyruqlariga xilof ish qilsa, ahvoli nima bo‘ladi?!

U birozdan so‘ng boshliqning oldiga yana kirishini bilib turib, bunaqangi ishlarni qanday qiladi?!

“Ey qizim” kitobidan

@Rumiy_Jaloliddin