Get Mystery Box with random crypto!

Koʻp gapirma... Kamroq soʻylaki, ishimiz oldinga siljisin. Oz | Jaloliddin Rumiy 🍃

Koʻp gapirma... Kamroq soʻylaki, ishimiz oldinga siljisin. Oz soʻylaki, Haqqa qarshi yanglish kalom chiqmasin... Sukut koʻnglim. Bir alif miqdoricha sukut...
Bahorga oz qoldi.
Chida koʻnglim. Dengizdagi koʻrinmas toʻlqinlarga oʻxshaydi qalbing, bilaman. Kutishdan boshqa choramiz boʻlganida, seni toʻxtatmasdim, ishon menga. Lekin boshqa choramiz yoʻq... Unutmaki, dori ham kuttirib taʼsir qiladi, hatto gul ham vaqtidan avval ochilmaydi.
Sukut koʻnglim... Bu qish bahorga doʻnguncha. Bu kecha kunduzga aylangunicha.
Uzoq yoʻllar yaqinlashgunicha... Bu tashvishning ortidan farogʻat kelgunicha. Va yuzimiz diydor yoshlari bilan namlangunicha...
Sukut koʻnglim... Seni sendan ham yaxshi bilgan Robbingning hukmi voqeʼ boʻlgunga qadar. Sening nasibing senga kelguni qadar...
Erishmaganlaring sening nasibing emasligini bilganing qadar sukut qil...


Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin