Get Mystery Box with random crypto!

HAYIT NAMOZI QANDAY OʻQILADI? 1. Alloh rizoligi uchun Ramazon | Jaloliddin Rumiy 🍃

HAYIT NAMOZI QANDAY OʻQILADI?

1. Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini oʻqishga niyat qilinadi.

2. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qoʻllarini koʻtarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi.

3. Takbir aytilganidan soʻng, qoʻlni qovushtirib turib, har kim ichida sano duosini oʻqiydi. Soʻngra imom qoʻllarini quloqlariga koʻtarib, uch marta takbir aytadi. Jamoat ham unga ergashadi. Birinchi va ikkinchi takbirda qoʻllar yon tomonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan soʻng qoʻllar bogʻlanib, qiyom holida turiladi.

4. Imom ichida “Aʼuzu”ni va “Bismillah”ni aytib, ovoz chiqarib “Fotiha” surasini va zam surani oʻqiydi. Takbir aytib ruku va sajda ado etiladi.

5. Shundan soʻng ikkinchi rakatga turiladi. Imom “Fotiha” surasi bilan zam sura oʻqigach, rukuga bormay turib, xuddi birinchi rakatdagi kabi uch marta takbir aytadi.

6. Toʻrtinchi takbirda qoʻl koʻtarmasdan imom orqasidan ruku va sajda ado qilinadi.

7. Sajdadan soʻngra “Attahiyyot”, “Salovat” va “Duo” oʻqilib, salom berilib, namoz tugatiladi.

Alloh ibodatlaringizni Oʻz dargohida qabul etsin.


Do'stlarimizga ulashib qo'yamiz.

@Rumiy_Jaloliddin