Get Mystery Box with random crypto!

Bir ayol uyiga ketayotib, bir bolaning qoʻlida choʻp bilan tup | Jaloliddin Rumiy 🍃

Bir ayol uyiga ketayotib, bir bolaning qoʻlida choʻp bilan tuproqqa allanarsalar chizayotganini koʻrdi.
– Nima qilyapsan? – soʻradi ayol.
Bolakay:
– Jannatni tasvirlayapman, sotayapman opa. – dedi.
– Qanchaga sotasan? – dedi chiroyli javobdan yuziga tabassum yugurgan ayol.
– Yigirma tanga opa. – dedi bolakay.
Ayol pulni berib, uyiga ketdi va bu voqealarni unutdi. Oʻsha kuni u bir tush koʻrdi-ki, Jannatda yuribdi!
Ayol tushini eriga aytib berdi. Eri darhol ayoli aytgan joyga shoshildi.
Qarasa, bola hamon oʻsha yerda.
– Nima qilyapsan? – dedi erkak.
Javob bir xil boʻldi.
Erkak tagʻin soʻradi:
– Qanchaga sotasan?
– Bir trillion! – dedi bolakay.
– Nimalar deyapsan, axir xotinimga yigirma tangaga beribsan-ku?!
Bola dedi:
– Amaki, amakijon! Ayolingiz u pullarni Jannatni olish uchun emas, mening koʻnglimni olish uchun berdi. Siz Jannatni shunchalar arzon deb oʻyladingizmi?
Jannat na arzon, na qimmatdir.
Jannatni olmoq koʻngillarni olmoq bilan boʻladi
.

Turkchadan Shahzod Ergashaliyev tarjimasi

@Rumiy_Jaloliddin