Get Mystery Box with random crypto!

Ey ovora koʻngil, kel. Ey jigarimning parchasi, kel. Eshikga | Jaloliddin Rumiy 🍃

Ey ovora koʻngil, kel.
Ey jigarimning parchasi, kel.
Eshikga boradigan yoʻl toʻsilgan boʻlsa devorga chiq, devor oshib kel!
Ey Nuh alayhis salomning nafasi, kel!
Ey ruhning havasi, kel!
Ey yaradorning malhami, kel!
Ey dardmandning davosi, kel!
Ey yuzi nur sochib porlagan oy,
Ey daralarning koʻnglida oqqan suv,
Sen oshiqlaringni huzurini oʻyla, begonalar koʻr boʻlsinlar, kel!

Ey jon soʻzlaguvchisi!
Qachongacha til ila bunday soʻzlarni soʻzlaysan?
Qachongacha anglatmoq dovulini (qoqasan) chalasan?
Damsiz-nafassiz, soʻzsiz-sadosiz kel...

Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin