Get Mystery Box with random crypto!

O‘n bir holatda salom berish makruh, javobi ham lozim emas: — | Jaloliddin Rumiy 🍃

O‘n bir holatda salom berish makruh, javobi ham lozim emas:

— hojatxonadagi kishiga;
— junub holatdagi kishiga;
— uxlagan odamga;
— hammomdagi yuvuqsiz kishiga;
— taom yeb turgan kishiga (agar taom og‘zida bo‘lsa, salom bermaydi, taom og‘zida bo‘lmasa, salom joiz va javobi lozim);
— xutba o‘qiyotgan imomga;
— azon yo takbir aytib turgan muazzinga;
— namoz o‘qiyotgan kishiga;
— Qur’on o‘qiyotgan odamga;
— duo qilib turgan kishiga;
— hajga ihrom bog‘lagan odam “Labbayka” aytib turganida.

@Rumiy_Jaloliddin