Get Mystery Box with random crypto!

AGAR SIZGA, HЕCH NARSANI UDDALAY OLMASLIGINGIZNI AYTISHSA, QUY | Jaloliddin Rumiy 🍃

AGAR SIZGA, HЕCH NARSANI UDDALAY OLMASLIGINGIZNI AYTISHSA, QUYIDAGI FAKTLARNI YODGA OLING:

Uolt Disney yangi gʻoyalar oʻylab topa olmagani uchun, gazetadan ishdan haydalgan.

Betxovenning boshlangʻich oʻqituvchisi, uni butunlay qobilyatsiz deb hisoblagan.

Edisonning ustozi uni aqlsiz va hech narsani oʻrgana olmaydi degan ekan.

Eynshteyn 4 yoshgacha gapirmagan. Oʻqtuvchisi uni aqliy salohiyati ortda qolgan deb taʼkidlagan.

Buyuk haykaltarosh Rodenning otasi: - Mening oʻgʻlim axmoq. U 3 safar ham sanʼat maktabiga oʻqishga kira olmadi, - degan ekan.

Mendeleyev ximiyadan 3 bahoga oʻqigan.

Radioni oʻylab topgan Marko, doʻstlariga ovozni masofadan turib havoda yetkazib beraman deganda, hamma uni aqldan ozgan deb, psixiatrga borishi kerakligini aytishgan. Lekin bir necha oydan soʻng, uning radiosi koʻpchilik dengizchilarni hayotini saqlab qolgan.

@Rumiy_Jaloliddin