Get Mystery Box with random crypto!

​Inson suratini chizish haqida Mo‘minlarning onasi Oisha rozi | Jaloliddin Rumiy 🍃

Inson suratini chizish haqida

Mo‘minlarning onasi Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Men suratlari bor yostiq sotib olgan edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni ko‘rgach, eshik oldida turib qoldilar, undan kirmadilar. Yuzlarida norozilik payqadim. «Ey Allohning Rasuli, Allohga va Uning Rasuli sollallohu alayhi vasallamga tavba qilaman! Nima gunoh qildim?» dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu yostiqqa nima bor?» dedilar. «Uni siz uchun, unda o‘tirishingiz va uni yostiq qilib tutishingiz uchun sotib oldim», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, ushbu suratlarning egalari qiyomat kuni azoblanadilar. Ularga: «Yaratgan narsalaringizni tiriltiring!» deyiladi», dedilar va: «Suratlar bor uyga farishtalar kirmaydi», deb aytdilar».


Muslimdan rivoyat qilinadi:

«Masruq bilan birga Yasor ibn Numayrning uyida edik. (Masruq Yasorning) bostirmasidagi suratlarni ko‘rib, dedi: «Abdullohning shunday deganini eshitdim: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Qiyomat kuni Allohning huzurida eng qattiq azobda bo‘ladigan odamlar musavvirlardir», deyayotganlarini eshitganman».


«Oltin silsila» kitobidan Sahihul Buxoriy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..