Get Mystery Box with random crypto!

– Pokizalar, kimlarniki? – Pokizalarniki! Bu haqiqat: – Go‘za | Jaloliddin Rumiy 🍃

– Pokizalar, kimlarniki?
– Pokizalarniki!
Bu haqiqat:
– Go‘zal, go‘zallikni sevadi, go‘zallikni istaydi. Shuni bilgin ki, go‘zal go‘zalni jazb etadi (tortadi).
"Pokizalar, pokizalar uchundir" oyatini o‘qi!
Dunyoda har bir narsa, boshqa bir narsani jazb etadi. Issiq issiqni tortadi, sovuq sovuqni. Asli bo‘lmaganlar, asli bo‘lmaganlarni tortmoqda. Qolganlar ham, qolganlari bilan sarxush bo‘lmoqda.
Jahannam ahli bo‘lganlar, jahannam ahli bo‘lganlarni jazb etadi. Nurga mansub bo‘lganlar, faqatgina nurga mansub bo‘lganlarni istaydi. Ko‘zingni yumdingmi, joning sug‘urib olinayotgandek bir alamga, bir iztirobga tushasan. Ko‘zingni, kunduzning nuridan ayrilishga toqati yo‘q!


Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin – sevimli maskan!..