Get Mystery Box with random crypto!

​Oyna... '...Bir necha kishi Misrga bordik. Do‘konga kirdik. | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Oyna...

"...Bir necha kishi Misrga bordik. Do‘konga kirdik. Bir uzuk yoqib qolib, narxini so‘radik. "1400 junayh", dedi.

Narxini biroz tushirib berishini iltimos qildik. "Qayerliksizlar?" – dedi. "O‘zbekistonlik, Movarounnahrdanmiz. Buxoriy yurtidan", dedik. "Buxoriy yurtidan ekansiz, sizlarga 20 foiz chegirma qilib beramiz" dedi. Bizga yoqib ketdi.

"Yana qanday olimlar bo‘lgan?" – deb so‘radi. "Imom Termiziy, dedik. "Ma Shaa Alloh, u kishi ham sizlardanmi?" – dedi biri ishonsiramay. "Ha, bizdan ko‘plab allomalar chiqishgan", dedik. "Yana kim?" "Imom Zamaxshariy", dedik.

Sotuvchi "Ma Shaa Allooooh!" – dedi-da, qo‘llari bilan ko‘zlarini yopdi. Panjalari orasidan yosh oqa boshladi. Keyinroq bildik, u kishi Imom Zamaxshariyning ashaddiy muxlislari ekan. Bir oz suhbatlashgandan keyin "Sizlardan foyda olmayman. 620 junayhga tushgan, shuni bersangiz bo‘ldi", dedi. Shu payt oramizdagilardan faqat o‘zbekkagina xos bo‘lgan "gap" chiqdi: "Shundan ikki dona bering"...

Men uyalib ketdim...

"Mayli, beraman" dedi. Uzukni berayotganda yonida turgan kishilardan birlari "Namoz o‘qisharmikin?" – deb qoldi. Sotuvchi qo‘lini uzatayotgancha to‘xtab qoldi. "Ha, namoz o‘qiysizlarmi?" – dedi. Savol bilan javob orasida uzilish paydo bo‘ldi. Chunki, javob aytarli yo‘q edi...

Bir oz sukutdan keyin "Jum’a namoziga chiqib turamiz", dedi kimdir. "Boshqa namozlarni-chi?" – dedi hayron bo‘lib. Zo‘rg‘agina "Yo‘q", deya oldik.

Sotuvchining qo‘li muallaq turib qoldi. Biroz sukut qildi-da, achinish bilan: "Mayli, men musulmonman. Aytgan narximga beraman. Ammo sizlar qaytib Imom Buxoriyni tilingizga olmang. HAQQINGIZ YO‘Q!" – dedi...


Hammaga ulashing
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi