Get Mystery Box with random crypto!

Qarindosh (Kechinma) Egilganim ko'rmoqlik istar, Uning uchun | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Qarindosh (Kechinma)

Egilganim ko'rmoqlik istar,
Uning uchun ko'zdan oqmas yosh.
Endi bo'lmas nigohim mistar,
G'animga qo'l berdi qarindosh.

Bir hovlida o'ynagan damlar,
Bo'lmas edi ko'ngilda kamlar,
G'am ustiga to'kildi g'amlar,
G'animga qo'l berdi qarindosh.

Yelkalarga qo'llarin tashlab,
Bir birini ko'nglini hushlab,
Men tomonga bir hiyla boshlab,
G'animga qo'l berdi qarindosh.

Hali yoshsan hali g'or deya,
Har so'zimga qildi kinoya,
Bizdan shoir chiqmagan deya,
G'animga qo'l berdi qarindosh.

She'rni yozib qilmadim hazar,
Faqat shu o'y ko'ksimni ezar,
Yoqam ushlab deyman alhazar,
G'animga qo'l berdi qarindosh...


Temur Rashid

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi