Get Mystery Box with random crypto!

Aylandik dunyoni telbavor Ishq izlab yo‘qmidi sinoat?! Termuls | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Aylandik dunyoni telbavor
Ishq izlab yo‘qmidi sinoat?!
Termulsa nigohlar umidvor
Tillarni tortardi sukunat.
To‘qnashsak, taqdirmi, nogohon
O‘ngami, so‘lgami qayrildik.
Orzumand ko‘ngilda ming armon
Kesishgan yo‘llarda ayrildik.
Bahoriy chechakdek orzular
To‘q, vazmin bulutdek yig‘lardi.
Yolvorib siz qilgan duolar
Mening ham tilimdan sirg‘aldi:
“Poyingga tiz cho‘kkan chog‘ida,
Har bandang afv et, der, xatoyim.
Bizlarni ayriliq dog‘ida,
Ishq bergach o‘ldirma, Xudoyim”...

Ummu Amina

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi