Get Mystery Box with random crypto!

O‘zimga... Olti oyki sevgi deb qalam, Bag‘rim o‘yar xanjar m | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

O‘zimga...

Olti oyki sevgi deb qalam,
Bag‘rim o‘yar xanjar misoli.
Har tong ming bor chekaman alam,
Tushlarimda Layli timsoli.

Atashadi yaqin do‘stlarim,
So‘z o‘ynida ajib musavvir.
Yashirmasdan kamu-ko‘stlarim,
Elga oshkor etar birma bir.

Ayting menga sofdil odamlar,
Qay biri do‘st, Qay biri xoin?.
Odamsifat ma‘lun shaytonlar,
Topishmagan muqim bir joyin.

Tosh otishar o‘zlari chetda,
So‘ng yo‘qolar u yoq bu yoqqa.
Shunday erkin ozod bu yurtda,
Kishan solmoq istar oyoqqa.

Shifo topar og‘rigan yerim,
Bu dard bilan yashab bo‘lmaydi.
Faqat ishqdan tug‘ilsa she‘rim,
Temur Rashid hali o‘lmaydi

Temur Rashid

••┄┄┄❅┄┄┄•••
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi