Get Mystery Box with random crypto!

OTA-ONAGA HURMAT KO‘RSATISHNING 32 YO‘LI 1. Ularni oldida te | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

OTA-ONAGA HURMAT KO‘RSATISHNING 32 YO‘LI

1. Ularni oldida telefoningiz bilan mashg‘ul bo‘lmang.
2. Ular sizga gapirayotganda e’tibor bilan tinglang.
3. Ularni fikrini ham e’tiborga oling. Faqat o‘ziznikiga ko‘ra ish qilmang.
4. Ularni suhbatlariga qatnashib turing, agarchi vaqtingiz oz bo‘lsa ham.
5. Ularga hurmat bilan qarang.
6. Ularga shukr qiling.
7. Ularga o‘zingizdagi yaxshi xabarlarni yetkazib turing.
8. Ularga yomon xabarlarni yetkazishlikdan iloji boricha saqlaning.
9. Ularning do‘stlari bilan yaxshi aloqada bo‘ling.
10. Ularni sizga qilgan yaxshiliklarini doim eslab turing va ba’zan o‘zlariga aytib bering.
11. Ular haqidagi yomon xotiralarni ichingizda ko‘tarib yurmang.
12. Ularni oldida maxfiy suhbat qurishdan saqlaning.
13. Ularni fikrlarini past sanamang.
14. Ular gapirib turganlarida hech qachon so‘zlarini bo‘lmang.
15. Ularni yoshlarini etiborga oling. Inson keksaysa biroz injiq bo‘lib qoladi, bundan achchiqlanmang.
16. Ularning ko‘z oldida nevaralarini jazolamang.
17. Ularni nasihatlariga ahamiyat bering, bepisandlik qilmang.
18. Oilada ularni oilaboshidek ko‘ring. Va shunga ko‘ra muomala qiling.
19. Ularga har qanday holatda ovozingizni ko‘tarib gapirishdan saqlaning.
20. Ular ketayotganlarida yo‘llarini kesib o‘tmang.
21. Taomni ulardan oldin tanovul qilishni boshlamang. Ulardan keyin yeyishni boshlang.
22. Ularga qovog‘ingizni solib xo‘mrayib qaramang.
23. Sizni jannatingiz ular ekanligini aytib, ularni sevintirib turing.
24. Ularga orqangizni qilib o‘tirmang.
25. Ularni kamchiliklari haqida gapirmang. Kamchiliklarini yopishga harakat qiling.
26. Ularni haqlariga doim duoda bo‘ling.
27. Ularni oldida qayg‘uli g‘amgin ko‘rinishdan saqlaning. Chunki ular sizni bu holatda ko‘rib sizdanda bir necha barobar ko‘p siqilishadi.
28. Ular xato qilishganda, xato gap gapirishganda kulmang yoki tirjaymang.
29. Ularni ehtiyojlarini aytishlarini kutmang. Ehtiyojlarini aytishlaridan oldin bajaring.
30. Ularni doimiy ravishda ziyorat qilib turing.
31. Ular bilan gaplashganingizda so‘zlaringizni tanlab odobli kalimalar istemol qilib xuddi boshlig‘ingiz bilan gaplashgandek gaplashing. O‘rtoqlaringiz bilan gaplashgandek gaplashmang.
32. Ularga yoqadigan ismlarni aytib gaplashing. Masalan: Mehribonim (va hokazo).

Unutmang agar siz shu odoblarga rioya qilsangiz, Allohni ham ota-oningizni rozi qilasiz. Alloh taolo kelajakda farzandlaringizni sizga hurmatlab, shunday muomala qildirtirib qo‘yadi.

Payg‘ambarimiz alayhissalom aytadilar: «Ota-(ona)laringizga yaxshilik qiling. Farzandlaringiz sizga yaxshilik qiladi...»

- Alloh taolo sizni o‘qiganlaringizga amal qilishga hidoyat qilsin!



@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi