Get Mystery Box with random crypto!

OGʻRIQLI MAVZU... To‘rt yetimning boshin silay olasizmi? | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

OGʻRIQLI MAVZU...

To‘rt yetimning boshin silay olasizmi?
To‘rt yo‘qsilni uyli qila olasizmi?
To‘rt g‘aribni ko‘nglin chog‘lay olasizmi?
Shariatda ruxsat bor deb to‘rttasiga.

Sunnat faqat xotin sonin orttirishmi?
O‘z juftingiz ko‘z yoshlarga botirishmi?
O‘g‘illarga yomon o‘rnak qoldirishmi?
Shariatda ruxsat bor deb to‘rttasiga.

Musulmonlik faqat xotin olgunchami?
Mol dunyo kuch qudrat ketib qolgunchami?
Savobingiz uchta oshiq xotinchami?
Shariatda ruxsat bor deb to‘rttasiga.

Ro‘za, haju, ehson sunnat emasmikin,
Iymonli qalb o‘zi jannat emasmikin,
Topganingiz faqat nafrat emasmikin?
Shariatda ruxsat bor deb to‘rttasiga.

Dunyosidan kechib yashang dabdabasiz,
Do‘st yaqinga yordam bering bir ta’masiz,
Faqat og‘iz to‘ldirgancha tamshanasiz,
Shariatda ruxsat bor deb to‘rttasiga.

Menga emas bandasiga baho berish,
Shu so‘zlarni ko‘p ishlatar tanish bilish,
Halolingiz yuragiga sanchimang nish,
Shariatda ruxsat bor deb to‘rttasiga...


SHAHNOZA RO‘ZIYEVA

Ta’limga va kirish ballariga oid xabarlar Bu yerda
@mandatlar_2022_bot
@Oliygohlar_MandatlarBot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi