Get Mystery Box with random crypto!

Agar sizga hech narsani uddalay olmaysan deb aytishsa, ularga | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

Agar sizga hech narsani uddalay olmaysan deb aytishsa, ularga quyidagi faktlarni ayting:

. Uolt Disney yangi g‘oyalar o‘ylab topa olmagani uchun gazetadan ishdan haydalgan. 

. Betxovenning boshlang‘ich o‘qituvchisi, uni butunlay qobiliyatsiz deb hisoblagan.

. Edisonning ustozi uni aqlsiz va hech narsani o‘rgana olmaydi degan ekan.

. Enshteyn 4 yoshgacha gapirmagan. O‘qituvchisi uni aqliy salohiyati ortda qolgan deb ta’kidlagan. 

. Buyuk haykaltarosh Rodenning otasi: - Mening o‘g‘lim ahmoq. U 3 safar ham san’at maktabiga o‘qishga kira olmadi, - degan ekan.

. Mendeleyev ximiyadan 3 bahoga o‘qigan.

. Radioni o‘ylab topgan Marko, do‘stlariga ovozni masofadan turib havoda yetkazib beraman deganda, hamma uni aqldan ozgan deb, psixiatrga borishi kerakligini aytishgan. Lekin bir necha oydan so‘ng, uning radiosi ko‘pchilik dengizchilarni hayotini saqlab qolgan.

Muhimi, Sen ham Allohning marhamatidan noumid bo‘lma va maqsading sari intilishdan to‘xtama!



Boshqalarga  ULASHING
══════════════

Ta’limga va kirish ballariga oid xabarlar Bu yerda
@mandatlar_2022_bot
@Oliygohlar_MandatlarBot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi