Get Mystery Box with random crypto!

IZLADIM Ajib bir bozorga kirib qolibman, Manzara yoqimsiz be | Jaloliddin Rumiy Aforizmlari📚

IZLADIM

Ajib bir bozorga kirib qolibman,
Manzara yoqimsiz bekor kiribman.
Izlagan narsamni esdan chiqardim,
Savdosi boshqacha ko'rib yig'ladim.

MEHR-OQIBATni narxi osmonda,
Uni ham topmadim yo'qmish hech kimda.
VIJDONni so'radim narxi bir chaqa,
Deydilar, kerak-ku oz- moz choy-chaqa.

INSOFni umuman topib bo'lmadi,
Ba'zilar xattoki uni bilmadi.
Sochilib yotibdi har xil kitoblar,
Yonida yana ko'p bir xil niqoblar.

Qiziqib so'radim, Bu qanday kitob?!,
Yonida turgan bu kimlarga niqob?!
Aytdilar- "Ey, sayyoh sen ko'zingni och,
Bu yurtdan tezroq ket, vaqt bor tezroq qoch.

Kitoblar, bilsang bu "YOLG'ON" kitobi,
Yoningda shu yurtning "DO'STLIK" niqobi.
Sal nari yuruvdim "NOMUS" bozori,
Ayol ham, erkak ham uning xaridori.

Sotuvlarda turibdi turli "o'yinchoq",
Kelinchak kiyimli har xil qo'g'irchoq.
Deydilar narxlasang arzon beramiz,
Xohlasang yangisin olib kelamiz.

Oyog'im ostida o'zgacha tuproq,
Nima ekan deb o'yladim ko'proq.
Deydilar, sen bilgan QADR bo'ladi,
Shu "QADR" ustidan hamma yuradi.

Xarob bir ko'rimsiz tilamchilar ko'p,
Nomlar ajoyib aytdilar YURAK.
Turarlar bechoralar pana-panada,
So'rashib har kimdan mehr-sadaqa.

Dod dedim bu yurtning bozori qursin,
Kitobi, niqobi barchasi qo'ysin.
Oqibat, mehr har odamda bo'sin,
Yuraklar yerda emas, o'rnida tursin.

Unutib qo'ymaylik biz insof so'zin,
Umringiz bo'lsin uzundan-uzun.
Aytganim ichida bordir haqiqat,
Bu she'rni o'qigan sizlarga rahmat
!

Ta’limga va kirish ballariga oid xabarlar Bu yerda
@mandatlar_2022_bot
@Oliygohlar_MandatlarBot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi