UMR... Men umrni koʻrmay qolibman Yonginamdan oʻtib ketibdi Qoʻlimga bir kitobni tutib Taqdirimni bitib ketibdi. Xatto yuzin bir bor koʻrsatmay Izlarini chizib ketibdi Meni hayot jangiga tashlab “Kurash” - deya, yozib ketibdi. Ketayapman ortidan quvib Bolalikni, yoshlikni tashlab Goho kulib, goho anglamay Goho, unsiz koʻzimni yoshlab. Har yil qishda bir yoʻqlab kelib Yoshimga yosh, qoʻshib ketarmish Goʻyo, menda alami bordek Sochimga qor toʻkib ketarmish. Men umrni koʻrmay qolibman Yonginamdan oʻtib ketibdi Peshonamga ajinlar tortib Suratini chizib ketibdi. Men umrni koʻrmay qolibman... Ta’limga va Dtmga oid xabarlar Bu yerda @mandatlar_2022_bot Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ... ••┄┄┄❅┄┄┄••• Azo bo‘ling @Rumiy_AforizmlariUz / Manolarning tuganmas jilosi 5.7K views𝚁𝚒𝚌𝚑 𝙻𝚒𝚘𝚗, 13:44