ONA... Ona bor dunyoda yashash boshqacha, Onani ta’rifi-yu, m | @Rumiy_AforizmlariUz

Picture 1 from Rumiy Aforizmlari📚 2022-11-25 13:47:59
ONA...

Ona bor dunyoda yashash boshqacha,
Onani ta’rifi-yu, mehri boshqacha.
To‘lsa hamki hatto to‘qson, yuz yoshgacha,
Ona bor hayotda yashash boshqacha!
Yashaydi onamiz bizlarni o‘ylab,
Tun-u kun Allohdan baxtimiz so‘rab.
Onasiz qolganlar to‘ymaydi yig'lab,
Ona bor dunyoda yashash boshqacha!
Odamda martaba obro‘ bo‘lsa ham
Qo‘lida millionlab puli bo'lsa ham.
Yonida otasi hayot bo‘lsa ham,
Ona bor hayotda yashash boshqacha!
Onalar doimo hurmatda bo'lsin,
Farzandin baxtini albatta ko‘rsin.
Yetimlik dardini azobi qursin,
Ona bor hayotda yashash boshqacha!
Yetimlik dardini yetim biladi,
Uning bu dunyosi bir kam bo‘ladi.
O‘zidan o‘tganin o‘zi biladi,
Ona bor dunyoda yashash boshqacha!
Onangiz umriga umr tilayman,
Bir umr tugalmas baxtni tilayman.
Onasi yo‘qlardan uzr so'rayman,
Ona bor hayotda yashash boshqacha!
Onam bor Allohga shukur qilaman,
Ularga ming bora ta’zim qilaman.

https://t.me/palma_guruhi_1

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
@Rumiy_AforizmlariUz

@Rumiy_AforizmlariUz

@rumiy_aforizmlariuz
22 Obunachilar
Iqtiboslar Toifa
Jaloliddin Rumiy muhlisi tomonidan ochilgan ilmiy-ma'rifiy blog 📚. 🗓 02-avgust 2020. #rumiy #islomiy #aforizmlar #statuslar. Reklama uchun : @Rek_Inf...