Get Mystery Box with random crypto!

Rumiy

Telegram kanalining logotibi rumiy — Rumiy R
Telegram kanalining logotibi rumiy — Rumiy
Kanal manzili: @rumiy
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 20
Kanalning ta’rifi

– Allohga(الله) oshiq boʻlgan,oʻzligini qidirgan, tafakkur va muhabbatli oshiq qalblar manzili.
Kanalda Jaloliddin Rumiyning qalblarga taskin beruvchi so'zlari jamlangan.
Takliflar @Muhammad_OdiL
Reklama : @Rumiyda 📮

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-08-15 06:42:06


Qoʻlga kiritilgan narsaning lazzati, qadri oʻsha narsaga yetishmoq uchun tortilgan yoʻl zahmati bilan oʻlchanadi.

Choʻlning changni yutmagan til, quyoshda qurib qaqshamagan lablar Zamzamning lazzatini bilmaydi. Umr boʻyi Ka'ba xayolini qurmagan, Ka'ba qadrini his etolmaydi.

U holda avval yongin-ki suv seni qondirsin.
Sogʻingin-ki, topganingda haqiqatdan uni topgan boʻlgin.

— Rumiy

@Rumiy
6.2K views03:42
Ochish/sharhlash
2022-08-14 18:43:12


Ey Sevgilim!
Sen bilasan, men qanday yashayman...
Biror bir salom, biror bir xabar yubormasang ham unutilmaganimni umid qilib yashayman...
Sevganingni bildirmasang ham, sevilishni umid qilib yashayman...
Meni yoningga olmasang ham, men Seni ko‘nglimda ardoqlab doimo shunday yashayman...

— Rumiy

@Rumiy
5.9K views15:43
Ochish/sharhlash
2022-08-13 18:33:06


Ey Sevgilim!
Quyosh ham mendan olisda, oy ham...
Ammo hech bir tongim quyoshsiz, hech bir kecham oysiz oʻtmaydi...
Xuddi qalbim, Sendan voz kecholmagani kabi...
Tasbeh donalari kabi tortdim, Seni...
Keladi, keladi, keladi, deya...

— Rumiy

@Rumiy
5.8K views15:33
Ochish/sharhlash
2022-08-13 17:30:10


Agar shaytonga oʻxshab hasadchi boʻlmasang, daʼvo eshigini tark etib, vafo eshigiga kel!

— Rumiy

@Rumiy
5.7K views14:30
Ochish/sharhlash
2022-08-12 07:02:18


Yoʻlning oxiri qayerga borishi haqida hadeb oʻylayverish, behuda bir ishdir. Sen faqatgina, bosayotgan ilk qadamingni oʻylab bosishga masʼulsan. Qolgan narsalar zotan, oʻzligingdan keladi.

— Shams Tabriziy

@Rumiy
6.0K views04:02
Ochish/sharhlash
2022-08-11 22:18:49
Yer yuzi sokindir, tonglar boshqacha,
Bu kunda poklanar qari-yoshgacha.
Ijobat bo‘lgaydir har ezgu tilak,
Azizlar barchaga JUMA MUBORAK!

Soʻnggi nafaslarida ham biz ummatlarini oʻylagan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovat aytishni unutmang!...

Allohumma solli aʼla sayyidina Muhammad

@Rumiy
7.8K views19:18
Ochish/sharhlash
2022-08-11 20:17:27


Bir-birini tushunish – bir xil tilda soʻzlashish emas. Bir-birini tushunish – bir xil tuygʻuni his etishdir.

— Rumiy

@Rumiy
5.6K views17:17
Ochish/sharhlash
2022-08-10 21:09:21


Qoʻlingni sindir, oyogʻingni sindir.
Kerak boʻlsa boʻyningni sindir, ammo bir qalbni sindirma.
Qalb sindirganni tahorati oʻtmas, namozi boʻlmas.

— Yunus Emro

@Rumiy
5.8K views18:09
Ochish/sharhlash
2022-08-10 09:17:13


Sevgilim, balki vafo va marhamating joʻshib ketib, eshikni ocharsan?!

“U yerda nimani kutayapsan, tur ichkariga kir!” deb aytarmikinsan degan umidda Sening eshigingda kutib oʻtiribman...

— Rumiy

@Rumiy
5.8K views06:17
Ochish/sharhlash
2022-08-09 20:32:50


— Bu maʼbudingiz boʻlmadi, kamchiligi bor shekilli.
— Boʻlmagan gap, men uni bekam-u koʻst yasaganman.
— Uni siz yasaganmisiz?
— Albatta, mana shu qoʻllarim bilan yasaganman.
— Tushunmadim, siz maʼbudni yasaganmisiz yoki u sizni yaratganmi?
— Maʼbud bizni yaratgan, biz esa uning haykalchalarini yaratganmiz va shu xaykalchalar orqali maʼbudga ibodat qilamiz.
— Buning ichida noyob qurilma bormi, tangriga ulanish uchun?
— Tentakmisan, U bizni eshitishi uchun qurilma shartmas, shundoq eshita oladi.
— Unda haykalchadanmas, biratoʻla maʼbudning oʻzidan soʻrab qoʻya qolsa boʻlmaydimi?
— Ey, bor, boshimni qotirma!

“PiKey” filmidan

@Rumiy
5.8K views17:32
Ochish/sharhlash