Get Mystery Box with random crypto!

#Jigarimga Negadir bu she'rni yozayin desam Qoʻlim bir harfga | 🍃Ruhiy Tarbiya ✔️

#Jigarimga

Negadir bu she'rni yozayin desam
Qoʻlim bir harfga borgisi kelmas
Aytmoqchi boʻlganim she'rimga bitsam
Boshqa odam yozyapti ishoning menmas

Bir qadam bosaman hayol tomonga
Nelardir hayolda tilarman asta
Kunimiz qolmasin yaxshi yomonga
Bugun jigarimni eslayman hasta

Bir koʻnglim yaxshilik his qilar mudom
Axir ko'ngillarku eng kerakligi
Lekin yosh olaman eslasam har on
Topmoq mushkulmikan sof yurakligi

Qancha vaqt oʻtkazdik qaygʻu quvonchda
Har neni oʻrtada bo'lishdik baham
Sizdan koʻp o'rgandim vafo ishonchda
Sezardim siz bilan ketganini g'am

Aytmoq istaganim tugamas aslo
Lekin hech yetmaydi bardosh degani
Ko'zda yosh ko'rinmas bir tomchi hatto
Koʻngilga og'riqdir faqat bergani

Qalban yigʻlayapman sizga bildirmay
Duoda til to'xtamas oq yoʻl sizga deb
Bir kunim oʻtmagan sizni kuldirmay
Bugun she'r bityapman atay sizga deb

Ko'p birga bo'lmadik lekin tatiydi
Bir umr yelkadosh boʻlgan insonga
Doim birga boʻlsak tangrim qaniydi
Birga jar solardik ko'hma jahonga

Mayli bu kunlar ham sinov uchundir
Albatta bir kuni uchrasharmiz ham
Nega biz deb aytish bilmam nechundir
Lekin o'sha kungacha bo'ladirsiz g'am

Agar shu she'rimga koʻz tashlasangiz
Sizdan uzr soʻrayman ozor bersam gar
Meni deb koʻzingiz siz yoshlasangiz
Duo qiling malol kelmasa agar

Neki boʻlsa tilayman dunyo mehrini
Yodda saqlang birga oʻtgan kunlarni
Allohim ko'rsatar bir kun sehrini
Yana kutib uyqusiz oʻtgan tunlarni

Keyingi hayotda omad tilayman
Albatta diydorni kutib yashaymiz
Allohdan shu kunni tilab so'rayman
Haqiqiy aka uka doʻstga o'xshaymiz

Muallif:@Iskandar_Tursunov