Get Mystery Box with random crypto!

Yangi avlod darsliklari tajriba-sinovi... Qashqadaryo viloya | RTM | Ijtimoiy va Amaliy fanlar | Rasmiy kanal

Yangi avlod darsliklari tajriba-sinovi...

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar va Qarshi tumanida Milliy o'quv dasturi bo'yicha 6-,7-,10-sinf tarix darsliklarini amaliyotga tadbiq etilishi yuzasidan viloyat o'quv seminarlari tashkil etildi.

Unda tuman va shahardan tashrif buyurgan ijtimoiy fan o'qituvchilari ishtirok etishdi. Seminar davomida Milliy o'quv dasturini amaliyotga tadbiq etilishi va shu asosida yangi avlod Tarix darsliklarini yaratish yuzasidan Malaka oshirish instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Parda Norbo‘tayev va Qarshi shahar 12-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi Xakimov Murodillo Nasimovich birgalikda seminar-trening mashg'ulotlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Milliy o'quv dasturi asosidagi yaratilayotga darsliklar o'zining hayotiy ko'nikmalarga yo'naltirilganligi, amaliyotga bog'langanligi va o'quvchilar tilida sodda yozilganligi ustozlar tomonidan e'tirof etildi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram|You Tube|Facebook|Instagram