Get Mystery Box with random crypto!

​Diqqat, koʻngilli ustozlar izlanmoqda! Qadrli ustozlar, xaba | RTM tanlovlari - 2020

Diqqat, koʻngilli ustozlar izlanmoqda!

Qadrli ustozlar, xabaringiz bor, ayni kunlarda pandemiya munosabati bilan, mamlakatimiz miqyosida “Online-maktab” loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning doirasida har kuni yuzlab videodarslar efirga uzatiladi. Videodarslarni tayyorlash jarayonining oʻziga xos mashaqqatlari bor. Hozir har qanday usulda koʻrsatilgan kichik yordam — onlayn taʼlim sifati uchun katta xizmat boʻlishi mumkin.

Respublika taʼlim markazi efirga uzatilayotgan har bir fan uchun koʻngilli ekspertlar kengashlarini tuzishga qaror qildi. Agar siz u yoki bu fan oʻqituvchisi boʻlsangiz va taʼlim sifatiga hissa qoʻshish istagi boʻlsa, quyidagi havola orqali safimizga qoʻshiling.

Bizga qanday yordamingiz tegishi mumkin?
- Boʻsh vaqtingizda “Online-maktab” pavilyonida suratga olinayotgan darslar sifatini nazorat qilish (Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan ustozlar uchun);
- Masofadan turib, Telegram guruhi orqali darslar uchun tayyorlangan taqdimotlar sifatini nazorat qilishingiz mumkin.

Bundan sizga nima naf?
- Jonbozligingiz Respublika taʼlim markazi tomonidan turli koʻrinishlarda ragʻbatlantiriladi;
- Munosib ustozlar onlayn darslarni surat olish jarayonlariga jalb etiladi.

Sizdan nima talab qilinadi?
- Oʻz faningizni yaxshi bilish va pedagogik salohiyat;
- Slaydlar bilan ishlash koʻnikmasi;
- Bir oz fidoyilik.

Quyidagi soʻrovnoma orqali biz bilan bogʻlaning:
https://forms.gle/ynyd2E75ZLjEt3XD9

Kanalga obuna bo`lish:
Telegram|Facebook|Instagram