Get Mystery Box with random crypto!

#masal #mutolaa HAMMASI SIZNING QOʻLINGIZDA Qadim zamonda, qa | RTM tanlovlari - 2020

#masal #mutolaa
HAMMASI SIZNING QOʻLINGIZDA

Qadim zamonda, qadimiy bir shaharda atrofida koʻplab shogirdlarga ega Ustoz yashagan ekan. Kunlarning birida eng qobiliyatli shogirdlaridan biri: “Ustozimiz javob berolmaydigan savol ham bormikan?” deb oʻylaydi.

Soʻng gullarga toʻla maysazorga borib, eng goʻzal kapalakni tutadi va uni kaftlari orasiga yashiradi. Kapalak panjalari bilan uning qoʻllariga yopishadi. Jilmayib, ustozi oldiga bordi va soʻradi:

- Aytingchi, mening qoʻlimda qanday kapalak: tirikmi yoki oʻlikmi?
U kaftlariga yopishgan kapalakni qoʻlida mahkam ushladi va oʻz haqiqati uchun har qanday onda ularni siqishga tayyor edi.

Ustoz shogirdning qoʻllariga qaramasdan javob berdi.
- Hammasi sening qoʻlingda.

Kanalga obuna bo`lish:
Telegram|Facebook|Instagram