Get Mystery Box with random crypto!

Respublika ta’lim markazi |Rasmiy

Telegram kanalining logotibi rtm_metodik_xizmat — Respublika ta’lim markazi |Rasmiy R
Telegram kanalining logotibi rtm_metodik_xizmat — Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
Kanal manzili: @rtm_metodik_xizmat
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35.93K
Kanalning ta’rifi

MMTV huzuridagi Respublika ta'lim markazining telegram kanali
Telegram:
https://t.me/edu_rtm_uz
Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
✉️ E-mail: rtm@xtv.uz

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-08-22 14:37:42 #taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
1-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fanidan taqvim-mavzu reja

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
21.2K viewsedited  11:37
Ochish/sharhlash
2023-08-22 14:37:18 #taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
1-4-sinf Matematika fanidan taqvim-mavzu rejalar

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
20.9K viewsedited  11:37
Ochish/sharhlash
2023-08-21 16:47:42 #variativ_taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
Kimyo-texnologiya yo'nalishida variativ taqvim-mavzu rejalar

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
17.4K views13:47
Ochish/sharhlash
2023-08-21 16:47:01 #variativ_taqvim_mavzu_reja
#2023_2024
Tabiiy fanlar yo'nalishida variativ taqvim-mavzu rejalar

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
16.8K views13:47
Ochish/sharhlash
2023-08-18 13:22:59 #darslik
9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
20.5K views10:22
Ochish/sharhlash
2023-07-05 18:56:26
#metodist
Ona tili va adabiyot o'qituvchsi Zulfiya Rashidova "Eng ko'p uchraydigan imloviy xatolar 10 taligi" haqidagi videodarsni tayyorlashga nima sabab bo'lgani haqida hikoya qiladi. Mavzuni o'rganishdan avval keling, o'qituvchining hikoyasiga quloq solamiz:

"Bu videoni yuzaga kelishiga bir o'quvchimning telegram ijtimoiy tarmog'i orqali yozgan xabari sabab bo'ldi. Ya'ni u xabar so'ngida "hayolimga kelmabdi" degan jumlani yozdi.

Men unga "xayol" degan so'zni noto'g'ri yozganini aytdim. Keyin u "ho'p" deb to'g'riladi. Men "xo'p" degan so'zni to'g'riladim. Keyin u "uzir" so'radi, "uzr"ni to'g'riladim.

Keyin "raxmat" dedi, keyin "hayr" dedi. Xullas, har bir so'zni ketma- ket imloviy xatolarni to'g'rilayverdim, to'g'rilayverdim. Oxir-oqibat u menga xabar yozganidan pushaymon bo'ldi".

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube | Twittter
4.9K views15:56
Ochish/sharhlash
2023-06-30 14:21:27
#Video_jurnal
Darsning 3 daqiqasi

Tanqidiy fikrlash ko'nikmasi
(Barcha fanlarda foydalanish mumkin)

Videoni YouTubeda tomosha qilish uchun link




Darsingizning 3 daqiqasini ushbu videoga ajrating va o'quvchilaringiz fanga 3 karra ko'proq qiziqadi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
13.2K views11:21
Ochish/sharhlash
2023-06-13 10:04:01
#TDT
#Таълим_вазирлари_йиғилиши

TURKIY DAVLATLAR TA’LIM VAZIRLARI YIG’ILISHI O’Z ISHINI BOSHLADI

Ayni damda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Ta’lim vazirliklari mas’ul ishchi guruhlarining IX yig‘ilishi bo’lib o’tmoqda.

Unda Turkiy davlatlar tashkiloti, Ozarbayjon, Turkiya, Qozog’iston, Qirg’iziston ekspertlari kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishmoqda.
______

MEETING OF EDUCATION MINISTERS OF TURKIC STATES HAS STARTED ITS WORK

Currently, the IX meeting of the responsible working groups of the Education Ministries of the Organization of Turkic States is being hosted by the Ministry of Pre-school and School Education in Samarkand.

Experts from the Organization of Turkic States, Azerbaijan, Turkiye, Kazakhstan, Kyrgyzstan are discussing the issues on the agenda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
25.6K views07:04
Ochish/sharhlash
2023-06-07 14:07:33
Matnni tushunishga uning qiyinlik darajasi, tili, tuzilishi katta ta'sir qilishi haqida yozgan edim. Matnni tushunishni o'rgatishda esa matndan oldingi topshiriqlar katta rol o'ynaydi. Bunday topshiriqlar:

- o'quvchidagi mavjud bilim, tajriba va yangi olinadigan ma'lumot, bilim o'rtasida ko'prik hosil qilish orqali tushunish jarayoniga yordam beradi ("sxemalar nazariyasi");

- matnni tushunish uchun kerakli bilimlarni berib, tushunishni osonlashtirish uchun zamin ("background") hozirlaydi;

- o'quvchini mavzuga qiziqtirib, matnni o'qish, uni tushunishga motivatsiya shakllantiradi.

Bunday topshiriqlar turli shakllarda bo'lishi mumkin: matnda nima haqida gap ketishini bashorat qilish, matnning mavzusini muhokama qilish, matndagi qahramonlar bilan tanishtirish, matnni tushunishga yordam beradigan tushunchalarni o'rgatish va hokazo.

Matndan oldingi topshiriqlar tushunish jarayoniga xizmat qilishi tadqiqotlar va tahlillarda ham isbotlangan (masalan, 1, 2, 3). O'quv jarayonini tashkil qilishda, o'quv materiallari yaratishda bunday tadqiqotlar natijalarini ham hisobga olish ta'limning samaradorligini oshiradi.

Suratlarda Oksford nashriyotining 1-sinf ona tili (ingliz tili) darsligidagi o'qishdan olding topshiriqlarni ko'rish mumkin. Birinchi matndan (buvining yo'qolgan ko'zoynagini qidirish haqida) oldingi topshiriqlarda o'quvchilar matn qahramonlari bilan tanishadilar va matnda ko'tarilgan mavzu (nimanidir yo'qotish) bilan bog'liq hayotiy tajribalari haqida gapiradilar. Ikkinchi matndan (xitoy xalq ertagi) oldingi topshiriqlarda esa o'quvchilar xalq ertaklarining o'ziga xos xususiyatlari haqida tasavvur hosil qiladilar.
28.3K views11:07
Ochish/sharhlash
2023-06-07 09:42:28 ​​#Ustozlar_uchun
Ta'lim texnologiyalaridan namunalar

Taʼlim texnologiyasi – o'qitish va o'qish jarayonini ishlab chiqish, amalda qo'llash va baholashning sistematik yo'lidir. U maqsadga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘rganuvchining bilim olish qobiliyatiga va insonlararo muloqot bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga asoslanadi.

Breynstorming texnikasi. Aniq maqsadga yo'naltirilgan savollar berish orqali guruhda bahs-munozara tashkil qilinadi. Oʼqitish jarayonida muayyan bir mavzu boʼyicha fikr mulohazalar yigʼib olinadi. Uni oʼtkazishga "Pinbord" usuli ham yordam beradi.
Pinbordning vazifasi munozara usullarini yoki oʼquv suhbatini amaliyotga yo'naltirilgan usullar bilan moslashdan iborat.

Bu jarayonda
Ta'lim beruvchi:
- Muammolarni yechish uchun oʼz nuqtayi nazarini bayon qiladi;
- Aqliy hujumni tashkillashtiradi.

Taʼlim oluvchilar:
- Taklif etadi, muhokama qiladi, baholaydi, eng maʼqbul eng samarali gʼoyalarni tanlaydi.
- G'oyalarni qogʼozda qisqacha (2 soʼzdan koʼp boʼlmagan) ifodalab beradi va yozganlarini doskaga ilib qo'yadi.

Guruh a'zolari: (taʼlim beruvchi tomonidan belgilangan 2-3 talaba)
Doskaga chiqadilar va boshqalar bilan maslahatlashib:
- Xatolarni va takrorlangan gʼoyalarni aniqlaydilar;
- Bahsli g'oyalarni aniqlaydilar;
- Tizimlashtirish mumkin bo'lgan g'oyalarni saralaydilar;
- Gʼoyalarni tizimlashtirilish darajasiga qarab guruhlarga ajratadilar (kartochkalar,varaqlar).

Taʼlim beruvchi:
- Natijalarni mumlashtiradi vai baholaydi.

Breynstorming va Pinbord texnikasini alohida-alohida ham oʼtkazish mumkin.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
20.4K views06:42
Ochish/sharhlash