Get Mystery Box with random crypto!

Bilarmidingiz? Ebilim.uz platformasi bilan o‘qituvchilar ta | Respublika ta’lim markazi |Rasmiy

Bilarmidingiz?

Ebilim.uz platformasi bilan o‘qituvchilar ta’limida muvaffaqiyat qozonmoqda!

Ushbu innovatsion platforma maktab oʻqituvchilariga Informatika va axborot texnologiyalari hamda Ingliz tili fanlari boʻyicha onlayn kurslarni oʻtash orqali, oʻz uylarida turib oʻzlarining kasbiy mahoratlarini oshirish imkonini beradi.

Bundan tashqari platformadagi online kurslarni tamomlagan o‘qituvchilar o‘quv kreditlarini qo‘lga kiritishlari mumkin bo‘ladi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun ushbu havolaga oʻting: https://ebilim.uz/login/signup.php

Ebilim.uz AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi USAID tomonidan qo‘llab-quvvatlangan O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi doirasida ishlab chiqilgan!