Aniq va tabiiy fanlar yuzasidan xalqaro onlayn ilmiy-amaliy ko | Respublika ta’lim markazi |Rasmiy
Aniq va tabiiy fanlar yuzasidan xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o'tkaziladi
2023-yilning 27-noyabr kuni soat 10:00 da ZOOM videoaloqa dasturi orqali “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quv loyiha ishlarini tashkil etishning zamonaviy usullari” mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o'tkaziladi.
Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi: 1-yo‘nalish: Aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida STEAM yondashuvi asosida loyiha ishlarini tashil etish. 2-yo‘nalish: Tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy metodlardan samarali foydanish yo‘llari. 3-yo‘nalish: Aniq fanlarni o‘qitishda loyiha ishlarining o‘rni.
Konferensiyada ishtirok etish bepul. Ilmiy maqolalar 15-noyabrga qadar yuborilishi zarur.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 91 339-86-60 Elektron pochta: hojiyevamayram@gmail.com