Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli umumta‘lim maktablar rahbarlari, ustozlar, ITSM sizga | Respublika ta’lim markazi |Rasmiy

Hurmatli umumta‘lim maktablar rahbarlari, ustozlar, ITSM sizga yutuqlaringizni respublika miqyosida yoritishga yordam beradi!

Agar siz o‘z maktabingizda erishayotgan yutuqlaringizdan boshqalarni ham boxabar bo‘lishini istasangiz, ko‘p yillik tajribaga ega professional o‘qituvchilar faoliyatini, zukko va iqtidorli o‘quvchilar erishayotgan natijalarni yoki innovatsion ta‘lim usullarini ko‘rsatib bermoqchi bo‘lsangiz, unda ITSM jamoasi bu borada sizga ko‘mak beradi.

Maktabda amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan yozgi ta‘tilda bolalar vaqtini maroqli va mazmunli o‘tkazish maqsadida olib borilayotgan faoliyat to‘g‘risida bizga xabar bering. Biz o‘z rasmiy kanallarimiz orqali yoritamiz.

Shuningdek, siz yuborgan video va fotolavhalarni mutaxassislarimiz tahrir qilib, kreativ, yorqin va sifatli materiallar tayyorlab berishadi!

Izohlarda yozing va biz siz bilan bog‘lanamiz!

71 2020909
itsm.uz I Facebook I Telegram I Instagram I Youtube