Get Mystery Box with random crypto!

Biz 2 yoshdamiz! Bugun Raqamli texnologiyalar markazining 2 | Raqamli Texnologiyalar Markazi

Biz 2 yoshdamiz!

Bugun Raqamli texnologiyalar markazining 2 yoshi munosabati bilan katta tadbir bo'lib o'tdi. Bayramga mehmon sifatida Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari F. Qosimov, Marg'ilon shahar hokimi A. Ziyovutdinov, AKT hamda Innovatsion rivojlanish vazirliklari Farg'ona viloyati hududiy boshqarmalaridan mutasaddilar hamda ushbu markaz asosida tashkil topgan rezident kompaniya va hamkor tashkilotlar tashrif buyurishdi.

Shu ikki yil ichida markazni 10000 dan ziyod o'quvchilar bitirdi, 100 ga yaqin frilanser va markaz kashfiyotlari yetishib chiqdi. 300 dan ortiq bitiruvchilar markazning hamkor tashkilotlarida o'z faoliyatlarini olib borishmoqda.

Tadbir davomida so'zga chiqqan markazimiz rahbari Bahromjon Djalilov kelajakdagi rejalar haqida o'rtoqlashdilar. Unda 2023- yilda "Digital School" hamda 2025-yilda esa "Digital University" tashkil etish orqali Farg'ona viloyatini IT Hubga aylantirish bo'yicha rejalarni ta'kidlab o'tdi.

Ushbu loyiha yoshlarga ITning barcha imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish hamda kelajakda yuqori malakali kadr bo‘lib yetishishlarida asosiy o‘rinni egallashi ko‘zda tutilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok