Get Mystery Box with random crypto!

​​PR nima? Ijtimoiy tarmoqlardagi deyarli har kuni biz 'ana | Raqamli Texnologiyalar Markazi

​​PR nima?

Ijtimoiy tarmoqlardagi deyarli har kuni biz "ana xolos", "shok xabar", "tezkor", "diqqat" va h.k sarlavhali matnlarga ko'zimiz tushadi. Bular odatiy holga aylandi. Xo'sh buni PR'ga qanday aloqasi bor?

PR (Public Relations) - inglizchadan tarjima qilinganda "ijtimoiy munosabatlar". PRning asosiy maqsadi jamoatchilik, potentsial mijozlar va boshqa manfaatdor tomonlar (hamkorlar, investorlar va raqobatchilar) oldida "e'tibor qozonish va shu orqali mashhurlikka erishishdir." Aslida esa PR ijobiy brend imidjini yaratish va saqlab qolishdir.

Juda ko'pchilik PR'dan noto'g'ri foydalanganligi sababli omma ongida shov-shuv ko'tarish va shu orqali e'tibor qozonish bo'lib o'rnab qolgan.

PR menejerning vazifalari kompaniya yangiliklari va ommaviy axborot vositalarida sharhlar berish, ixtisoslashtirilgan tadbirlarda ishtirok etish, shuningdek, boshqa kompaniyalar bilan targ'ibot loyihalarini amalga oshirish kiradi.

Yana qanday atama yoki IT sohasiga oid savollarga to'liqroq ma'lumotga ega bo'lmoqchisiz? Izohlarda yozib qoldiring!

+998732542404
+998996422404
@rtmadmin
Marg‘ilon shahar Xiyobon ko‘chasi 65-uy
(Diyor mehmonxonasi orqasida)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | TikTok