Get Mystery Box with random crypto!

Grafik dizayn kursi bitiruvchilari Bugun Grafik dizayn biti | Raqamli Texnologiyalar Markazi

Grafik dizayn kursi bitiruvchilari

Bugun Grafik dizayn bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi.

Taqdirlash marosimida o'quvchilarga kurs mentori Muhammad Ali Shamsutdinov va markazimizdagi Grafik dizayn kursi asoschisi Abdusamad Mo'minov tomonidan sertifikatlar topshirildi. Ular bitiruvchilarga kerakli maslahatlar hamda samimiy tilaklarini bildirdilar.

Bitiruvchilar haftasiga 3kundan jami 5oy darslarga qatnashib, Grafik dizayn bo'yicha ham amaliy ham nazariy bilimlarga ega bo'ldilar

Kursni jami 10ta o'quvchi muvaffaqiyatli tamomladi. Ulardan 4tasi ish bilan ta'minlandi va qolgan bitiruvchilarga ham ish beruvchilar qiziqish bildirishmoqda.

Bitiruvchilarning boshlayotgan faoliyatlarida omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

Kurslarga ro'yxatdan o'tish
https://forms.gle/ts3e6QPPDMitzV8m7

+998732542404
@rtmadmin
Marg‘ilon shahar Xiyobon ko‘chasi 65-uy
(Diyor mehmonxonasi orqasida)

Telegram | Instagram | Facebook