Get Mystery Box with random crypto!

…bu davomi. suhbatning oldingi qismi - Unda hozirgi zam | Rovi Talk

…bu davomi. suhbatning oldingi qismi

- Unda hozirgi zamon talabiga nima qilamiz, qanday yashashimiz kerak?
- Senga javob kerakmi?
- Judayam kerak!
- Unda avval gaplarimni eshit, savollaring esa o’z-o’zidan javob topadi.

Yaxshilab e'tibor ber. Eng ko'p ovqat yeydigan insonlar, bu och odamlar yoki ochko'z odamlar. Och odam yesa to'yadi, lekin ochko'z odam hech qachon to'ymaydi. Insonni bahti, hotirjamligi ham huddi shunga o'xshaydi. Och bo'lsa qidiradi, yoki ochko'z bo'lsa. Shunday ekan o'ylab ko'rchi, agar bir odam oilasida hotirjam va bahti mukammal bo'lsa, u bahtni boshqa narsadan qidiradimi?

- Yo'q, qidirmasa kerak...
- To'g'ri, unda o'ylab ko'rchi, har oy yangi moshina olayotgan erkaklar, har hafta biror matoh oladigan erkaklar, yoki kiyimga to'ymaydigan, taqinchoqqa to'ymaydigan ayollar bahtni qayerdan qidirayot ekan? O'sha oladigan kiyimidan, telefonidan, moshinasidan, buyumidan, taqinchog'idan...
Endi yana ham ichkariga nazar solsang, manashu kiyimga, matoxga ruju qo'yganlarni birortasi aslida bahtli emas. Bahtni shu narsalarda qidiradi.

O'zini ko'z ko'z qiladiganlar ham aslida shu. Ko'pchilik hozirig kunda o'zini har joyini ko'rsatadigan ayol va erkaklarga qarab og'zi ochiladi. Lekin zarracha bo'lsa ham qalb ko'zi ochilgan odam ularga qaraganda umuman boshqa narsani ko'radi.

Hammani e'tibori unda bo'lishini istagan qiz aslida ichi yolg'izlikdan azoblanayotganini. Kiyimi ajralib turishini istagan odamga e'tibor yetmasligi. Baland ovozda kulganlar o'zini hatolarini yopishni istagani. Imkon qadar ochiq kiyingan odam o'zini asl narxini pastligini bilib shu kiyim evaziga qimmatroq sotishga urinayotganini. Mashinasi, kiyimi, telefoni bilan maqtanishga urinayotganlarni aslida o'zida hech vaqosi yo'qligini, ko'chada begonalarga kulayotgan ayollar uyimda e'tibor kam, u menga yetmayapti deyotgani, suhbatlashish davomida boshqalarni pastga urgan odamni ko'rganda, aslida o'zini ichidagi holatni boshqalarni pastga urish evaziga yopayotganlarni, ro'mol ustidan 67 ta taqinchoq ilganlarni ko'rganda, ular aslida ro'molni otvorishga tayyor, jonlariga tekkan, lekin kimdandir qo'rqib manashu kiyimni kiyayotganlarini ko'radi.

Senchi? Sen nimani ko'rasan? Nozlangan qizni, hushro'y yigitni, moshinani, telfonni soatni, chiroyli kiyimni.

Hammasidan kulgulisi esa, shu yoqrida sanab o'tilgan toifadagi insonlar har doim hammadan norozi... Doim ularga kam, doim ularga bo'lishi kerak, doim ularga e'tibor berilishi kerakdek.

Endi manashunday erkak er bo'lsa, yoki shu holatgai qiz hotin bo'lsa... ALlohni senga bergan balosi manashu bo'ladi. Agar biror qizda shunday qaynona uchrasa... Allohdan pahon so'rab duo qilishdan o'zga yo'l topa olmaysan.

Endi shuncha narsadan keyin sen mendan oson yo'l bilan o'zgarish ahqida so'rayapsanmi?

- Men nima qilishni bilmay qoldim.
- Senga haliyam yo'l ko'rinmadimi?
- Yo'q..?
- Unda manabu...

Nurli Bobo qissalaridan

Davomi bor…
Agar davomi qiziq bo’lsa ni bosing.